Iqtisodiyot va menejment
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Haitov Bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari
12275,3
15662 15381,7 25803,2 27657 41465,2 28
Raqobat muhiti keskinlashib borgan sari iste‘mol bozorini o‗rganishga bo‗lgan ehtiyoj kuchayib boradi. Bu ehtiyoj esa bugungi kunda an‘anaviy marketing tadqiqotlarini o‗tkazish usullari bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy strategik qarorlarni qabul qilishda natijaviylikni ta‘minlash usullarini ham qo‗llashni taqozo etadi. Chunki bozorda savdo va aholining iste‘mol madaniyati tez rivojlanib borayotgan bir sharoitda, faqat marketing tadqiqotlarini o‗tkazib, aniqlik darajasi yuqori bo‗lgan sifatli natijalarga erishib bo‗lmaydi. Gap shundaki, iste‘mol bozorining rivojlanib borishi talab va taklif muvozanatini ta‘minlash va ayniqsa, talab darajasini aniq belgilagan holda, iste‘mol tovarlari taklifini (ishlab chiqarishni) doimo muvofiqlashtirib borishni talab etadi. Amalda aholi iste‘mol talabini uning soni hamda daromadlarining o‗sishi bilan bog‗liq holda aniqlangan variantlarning mavjudligi, bozorda baho o‗zgarishini, ishlab chiqarish uchun resurslar ajratishni (yer, mehnat va b.) tartibga solish imkoniyatini beradi. Shu nuqtai nazardan, hududlar aholisini iste‘mol tovarlariga, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabini aniqlash amaliy jihatdan uy xo‗jaliklari rivojlanishini, ayniqsa, ularni ishlab chiqarish resurslariga bo‗lgan ehtiyojini bilish, daromad va harajatlari tarkibini prognozlashga asos bo‗lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat tovarlariga bo‗lgan iste‘mol talablarini aniqlash uchun amaliy jihatdan ham sodda, ham ilmiy asoslangan normativ usulidan foydalanish mumkin. Bunday yondashuv mamlakatimizda aholining eng kam (minimal) iste‘mol byudjetini hisoblash uchun qator yillar davomida qo‗llanilib kelinadi. Ushbu yondashuv asosini har bir mahsulot turi bo‗yicha tabaqalashtirilgan me‘yorlar tashkil etadi. Me‘yorlar O‗zbekiston aholisi uchun belgilangan ratsional tibbiy me‘yorlardan farq qilib, ular mamlakat aholisining to‗lov qobiliyatini hamda iste‘mol qilinadigan mahsulotning respublikada ishlab chiqarilishi yoki import qilinishini hisobga oladi va ular ma‘lum ozuqa birligini (kilokaloriya) ta‘minlaydi.
29
Shu bilan bir vaqtda, ta‘kidlash joizki, aholi daromadining oshib borishi, oila turmush sifatining yuksalishi, iste‘mol ratsionlarida muhim sifat o‗zgarishlariga olib keladi va aholining asosiy qismi ratsional tibbiy me‘yorlarda belgilangan hajmda ovqatlanishga bosqichma-bosqich o‗tadi. Shuni inobatga olganda aholi iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talabni aniqlashda tibbiy me‘yorlarga asoslangan prognozlarni amalga oshirish lozim. Ushbu qoidalardan kelib chiqib, uy xo‗jaliklarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabi ikki xil me‘yorlar, ya‘ni minimal iste‘mol byudjetini hisoblash me‘yorlari hamda ratsional tibbiy me‘yorlardan foydalangan holda hisoblandi (2.2.1-jadval).
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling