Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llari (modellari) ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish prinsipining mazmunini batafsil tuShuntiring.Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.
Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.
Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi? Bu vazifalarning to‘laroq tavsifini bering.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish davrida davlatning etakchilik faoliyati nimadan iborat ekanligini tuShuntirib bering.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishning qanday davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tahlil qiling.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini tuShuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi?
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor vazifalarini so‘zlab bering.