Iqtisodiyot va menejment
Yalpi talab (aggregate demand, AD)
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Yalpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, Ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo‘lmagani uchun uni bu erda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o‘rinlarda omillarga talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi). Iste’mol tovarlari esa o‘z navbatida turlig‘tuman moddiy va ma’naviy tovarlardan hamda xizmatlardan tashkil topadi. Shuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, korporativ) omillarga, Ya’ni investitsion tovarlarga va ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg‘uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, Ya’ni Shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizmada osonroq tuhhunish mumkin bo‘ladi (1-chizma).
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling