Iqtisodiyot va menejment
-mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Iqtisodiy siklning fazalari. Iqtisodiy inqirozlarning turlari. 3. Agrar inqirozlar va ularning xususiyatlari.
19-mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik.
(4 soat) 1- ma`ruza mashg‘uloti 1. Sikllik - iqtisodiy taraqqiyotning umumiy shakli ekanligi va uning sabablari. Iqtisodiy sikl xaqida turlicha nazariyalar.. 2. Iqtisodiy siklning fazalari. Iqtisodiy inqirozlarning turlari. 3. Agrar inqirozlar va ularning xususiyatlari. Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, Ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beramiz. Keyin iqtisodiy sikl fazalarining va davriy tebranishning sabablarini qarab chiqamiz. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratamiz. Har qanday mamlakat, Shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.SHpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan. Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondoshiladi. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan.82 Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan. Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan.83 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana Shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning Yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling