Iqtisodiyot va menejment


Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslaShuvini ifodalaydi


Download 1.47 Mb.
bet435/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslaShuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslaShuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.

Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, Ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.

Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.

Ana Shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.

Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi Shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi.

Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar Shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlaShuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.

Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallaShuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlaShuvi, o‘zaro moslaShuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan Evropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. SHimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSH, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo‘lmoqda.

Iqtisodiy hayotning baynalminallaShuvi bilan bir qatorda globallaShuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi hatti-harakatlarining birlaShuvi jarayonini aks ettiradi.

Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. BaynalminallaShuv – bu jahon xo‘jaligining bir necha sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – er kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Bugungi kunda globallaShuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo‘nalishlari va ziddiyatlari kabi masalalarning ham ko‘rib chiqilishini taqozo etmoqda.112

GloballaShuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo‘jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo‘lgan ma’lum bir unsurlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallaShuv yo‘lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda.

GloballaShuvning yo‘nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. GloballaShuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi yo‘nalishmulkchilik munosabatlarining globallaShuvi. Hozirda mulkiy o‘zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko‘plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko‘rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TMK), Shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.

Evropa ittifoqi tajribasi Shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalaShuv milliy tuzilmalardan Yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar EIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.



Ikkinchi yo‘nalishkooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan Yuqori darajasiga o‘tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo‘lgan xo‘jalik o‘zaro aloqalarining juda katta tarmog‘iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.

Uchinchi yo‘nalishxo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o‘zgarishi ko‘p jihatdan axborot tarqatishning globallaShuvi bilan bog‘liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo‘ladi: a) butun jahonni to‘liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo‘ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo‘ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o‘tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.

To‘rtinchi yo‘nalishxalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo‘jaligi sub’ektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablaShuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.

Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalaShuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling