Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
1- ma’ruza mashg‘uloti
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnatning harakteri. Qiymatning mehnat nazariyasi va qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyalari. Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo‘lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o‘zgarib turishini ko‘rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo‘lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda. Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo‘jalik, Ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan yondoShuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi. Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o‘zi uchun tauyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. Patriarxal dehqon xo‘jaligi va feodal pomestyalari asosan natural xo‘jalik bo‘lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o‘z ehtiyojlarini o‘zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari paydo bo‘lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muauyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish imkonidan muhrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi Shu ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo‘lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo‘yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo bo‘ldi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling