Iqtisodiyot va menejment
-mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi (4 soat)
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.
5-mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi (4 soat)
ma’ruza mashg‘uloti Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari. Biz oldingi bobda tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivoji natijasida pul kelib chiqqanligini, tovar va pul munosabatlarining rivojlanib iqtisodiyotning hamma tomonlarini qamrab olib asta sekin bozor iqtisodiyotiga olib kelayotganligini ko‘rdik. Bu bobda bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin beriladi. Mazkur bob bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi Shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling