Iqtisodiyot va pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi


Download 25.15 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1590081
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot shartnomasi (6) (4)

IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO‘NALISHI


TALABALARINING AMALIYOT O‘TASHI
TO‘G‘RISIDA
0010_- sonli SHARTNOMA

202__ y. ____-__________

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1,2,3-bosqich talabalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va pedagogika universiteti (keying o‘rinda Universitet deb yuritiladi) nomidan ta’lim muassasasi Ustavi hamda malakaviy pedagogik amaliyot Nizomiga asoslanib, ish yurituvchi rektor Bozorov Otabek Nashvandovich, bir tomondan, _________________________________nomidan tashkilot Ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi _____________________________________ (keying o‘rinlarda Qabul qiluvchi muassasa, deb yutitiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.

I.SHARTNOMANING PREDMETI


1.1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni hamda 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1,2,3-bosqich talabalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3775 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyotchi-talabaning malakaviy amaliyot o‘tashini tashkil etish.
1.2. amaliyot pedagogika oliy ta’lim mauassasalarida uzluksiz ta’limga hozirgi kunning zamonaviy talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi va sifatini oshirish uchun birinchi kusrdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv darslariga muvofiq tashkil etishni belgilaydi.
1.3. malakaviy amaliyot 1,2,3-kurslarda –malakaviy amaliyoti, “malakaviy pedagogik” amaliyot tarzida tashkil etiladi.
1.4. amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq birinchi kursdan boshlab tizimli ravishda oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan amaliyot dasturi asosida amalga oshiriladi.
1.5. bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, maxsus maktab internatlar, akademik litsey va kasb-xunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling