Iqtisodiyot va pedagogika universiteti’’


Talab va taklif funksiyasi va bozor muvozanati


Download 130.59 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi130.59 Kb.
#1048534
1   2
Bog'liq
Talab taklif bozor muvozanati elastiklik referat


Talab va taklif funksiyasi va bozor muvozanati.


Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo’lishi, u o’rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o’rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.

Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.



Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.

Agar funksiya bitta bog’liq o’zgaruvchi bilan, bitta erkin o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, unga bir o’zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:
.

Agar funksiyada erkin o’zgaruvchilar soni -ta bo’lsa, , u holda o’zgaruvchili funksiyani olamiz:
.

Bir o’zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog’liq bo’lgan talab funksiyasini qarash mumkin:
.

bu erda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o’quvchi daftariga bo’lgan talab va daftar narxi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi jadvalda berilgan.


Bitta daftar narxi, so’m ()



10



20



30



Talab, (dona)



18



12



6



Bu jadvaldagi talab bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik, teskari bog’liqlikdir. Nima uchun deganda, narx (argument) o’sishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib boradi.

Jadvaldagi bog’liqlik grafik ko’rinishida ham bo’lishi mumkin (2.7-rasm):




2.1-rasm. Talab va narx o’rtasidagi bog’liqlik grafigi
Jadvaldagi talab bilan narx o’rtasidagi bog’liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda u quyidagicha yoziladi
,

yoki talab funksiyasiga teskari funksiya

ko’rinishida yoziladi.
Ushbu funksiyalardagi va lardan biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo’ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz. Umuman olganda, chiziqli bir o’zgaruvchili talab funksiyasi quyidagicha yoziladi:

bu erda va , va parametrlar statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Chiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx bo’lganda, talab bo’ladi. Narx ga teng bo’lganda, talab bo’ladi. Olingan qiymatlar grafikda ifodalanib, talab chizig’i grafigini olamiz: talab funksiyasi chiziqli bo’lgani uchun, narx noldan gacha o’zgarganda, talab ning qiymati to’g’ri chizig’i ustida yotadi (2.8-rasm).


2.2-rasm. Chiziqli talab grafigi
Endi Yuqorida keltirilgan talab funksiyasi grafigini chizamiz (2.9-rasm).
bo’lganda, talab qiymati ga teng (grafikda u nuqta bilan belgilangan). Tovar narxi ga teng bo’lganda, talab miqdori ga teng bo’ladi (grafikda bu nuqta).

nuqta bilan nuqtani tutashtiruvchi to’g’ri chiziq berilgan funksiya uchun talab chizig’ini beradi.


2.3-rasm. Talab funksiyasining grafigi.
Bozor muvozanati
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi.
Muvozanat narx (2.10-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdori ni unga bo’lgan talab miqdori unga bo’lgan talab miqdori ga tenglashtirsa, ya’ni .

2.4-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish .
2.4-rasmdan ko’rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig’iqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi. va nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning o’zgarishi, bozor muvozanatini o’zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig’i o’ngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig’i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig’i o’ngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi o’sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig’i chapga siljisa), muvozanat narx o’sadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi (2.5, 2.6-rasmlar).


Xulosa
Mening nazariyalarimga ko`ra, har bir korxona o`z foydasini oshirishni ko`zlaydi albatta va buning uchun esa o`sha korxona o`z xarajatlarini maksimal darajada qisqartirib daromadini esa maksimal darajagacha olib chiqa olsa erishadi. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun esa korxona qancha miqdorda mahsulotni ishlab chiqarishi ya`ni talabni o`rganib chiqishi talab etiladi.
Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan raqobatlashuv sharoitida iste’molchilar talabining o`zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog`liq talab va taklif elastikligining mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya’ni tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o`rnatish ham va hattoki uning oqibatlari bilan bog`liq tushunchalar, qarashlarni sababiy bog`liqlikda tizimli tahlil etishda elastiklik alohida o`rin tutadi. Ko`plab mashhur iqtisodchi olimlar shuni ta`kidlab o`tishadiki, tovarning elastikligi prujinaga o`xshaydi va tovaring elastikliligini to`g`ri baholash va uni tahlil qilish yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda va yuqori tavakkalchilik muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz shuni bilamizki tovarlarga bo`lgan talab faqat uning narxiga bog`liq bo`lmay balki yana biz iste`molchilar daromadiga va boshqa tovarlarning narxiga bog`liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. D.S. Jumonov, Z.G. Allaberganov “ IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI ”

  2. A. O`lmasov, A. Vahobov “ IQTISODIYOT NAZARIYASI ”

Download 130.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling