Iqtisodiyot va turizm


Download 171.5 Kb.
bet5/9
Sana04.11.2021
Hajmi171.5 Kb.
#170624
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan

Infrastruktura normal tarzda ishlab chiqarish va odamlarning hayot kechirishini ta’minlovchi sohalardan iborat. Infrastruktura ishlab chiqarish, sotsial, bozor infrastrukturasidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yo’llar qurish va uning ekspluatatsiyasi, kanallar, portlar, ko’prik, aeroport, omborxona, energiya uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqava tarmoqlari) va boshqalarni qurish va uning xizmat qilishini ta’minlash sohalari kiradi.

Sotsial infrastrukturaga maorif, madaniyat, kadrlar tayyorlash, sog’ni saqlash va boshqalar kiradi.

Bozor infrastrukturasiga bozorlar, bank, xom ashyo, fond birjalari ... va hokazo kiradi..

Infrastruktura barcha ishlab chiqarish va insonlarning hayot kechirish jarayonini bir butun qilib bog’laydi. Moddiy ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, nomoddiy sohaning ham rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, moddiy sohaning rivojlanishi, unda unumdorlikning o’sishi natijasida bo’sh ish kuchi yuzaga keladi. Bu nomoddiy sohani

qo’shimcha ish kuchi va moddiy resurslar bilan ta’minlash imkonini vujudga keltiradi. Xozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish sohasida unumdorlik

yuqori bo’lgani tufayli iqtisodiy faol aholining 30-50% i shu sohalarda band.

Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqarishda bevosita maqsad mos kelmasligi mumkin. Ya’ni pirovard maqsad iste’mol qilib, ehtiyojni qondirish bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarini qoplab foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmay, bozorda ayirboshlanadi, ya’ni sotiladi.


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling