Iqtisodiyot yo’nalishi 203-guruhi talabasi Quramboyev Xursanbek Mavzu: Keynsning tavarlar va xizmatlar bozorida makoiqtisodiy muvozanat modeli


Download 20.22 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi20.22 Kb.
#1404473
Bog'liq
Xursandbek Quramboyev 203.docxu


Iqtisodiyot yo’nalishi 203-guruhi talabasi Quramboyev Xursanbek
Mavzu: Keynsning tavarlar va xizmatlar bozorida makoiqtisodiy muvozanat modeli
Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi
“Buyuk depressiya” davrida ko'pgina yetuk iqtisodchilar, ya'ni, hozirgi kunda klassiklar deb ataladigan iqtisodchilar, bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotdagi resurslardan to'liq foydalanish imkonini byeradi, deb hisoblashgan edi. Ammo, ular iqtisodiyotda ayrim vaqtlarda - urush, siyosiy to'ntarish, tabiiy ofat va shuningdek, boshqa holatlarda o'zgarishlar bo'lib turushini tan olishsa ham, bozor tizimining o'ziga xos xususiyatlari bu iqtisodiy qiyinchiliklarni o'z-o'zidan hal qiladi, deb tushuntirishadi.
Klassiklar nazariyasida ikkita asosiy tushuncha mavjud.
To'liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining etishmasligi (ya'ni, AD AS bo'lishi) mumkin emas.
Umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Pul bozori investitsiya va jamg'armalar tengligini hamda to'liq bandlik sharoitini ta'minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida ,,ixtiyori’’ ishsizlik bo'lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va ASning tenglik nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (u) uning potensial hajmiga (u*) teng.
Klassiklar nazariyasini tan olmaslik asosan Sey qonunidan boshlangan. Sey qonunining moxiyati mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonining o'zi ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymatiga teng ravishda daromad yaratadi degan oddiy g'oyadan iborat. Demak, mahsulotlarni sotib olish uchun har qanday mahsulotlar hajmini ishlab chiqarish o'z-o'zidan daromad yaratadi. Ya'ni, taklif o'zining xususiy talabini paydo qiladi. Sey qonunining moxiyatini mahsulotlar ayirboshlash savdosida ham ko'rish mumkin. Poyafzalchi poyafzal ishlab chiqaradi yoki o'ziga zarur bo'lgan boshqa mahsulotlarga bo'lgan talabini qondirish uchun poyabzal taklif qiladi. Poyafzalchi tomonidan poyafzalning taklif qilinishi uning talabidan iborat. Butun iqtisodiyot bo'yicha mahsulotlar almashishi xuddi shu tarzda amalga oshiriladi.
Ammo, Sey qonuni mahsulotlar ishlab chiqarishi, mos ravishda pul daromadlari summasini olish imkonini bersa ham, iste'molchilar ushbu daromadlarning hammasini to'liq xarajat qilmasligi umumiy qabul qilingan tushunchadir. Ya'ni, daromadlarning qandaydir bir qismi jamg'ariladi va bu qism Yuqoridagi baxsda o'z javobini topmaydi. Jamg'arish daromadlar tarkibidan ma'lum miqdordagi mablag'larni o'zida mujassamlashtiradi. Demak, iste'mol xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini sotib olishga yetmaydi. Agarda uy xo'jaliklari o'z daromadlarining bir qismini jamg'arishsa, u xolda taklif o'z talabini paydo qilmaydi. Jamg'arish iste'molning yetishmasligiga, natijada, sotilmay qolgan mahsulotlar ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi.
Ammo, klassik iqtisodchilar xaqiqatda jamg'arish talabning yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg'arilgan so'm tadbirkorlar tomonidan investitsiyalashadi, deb ta'kidlashadi. Agarda, tadbirkorlar uy xo'jaliklarining jamg'armalari miqdorida investitsiya qilishsa, Sey konuni amal qiladi va ishlab chiqarish hamda bandlik darajasi doimiy bo'lib qoladi. Iqtisodiyotning to'liq bandlik sharoitidagi daromadlar va mahsulotlar ishlab chiqarishini ta'minlashi uchun xarajatlar darajasiga erishishi va uni saqlab qolishi, tadbirkorlar tomonidan uy xo'jaliklari jamg'armalari miqdorida investitsiyalashiga bog'liq.
Yuqorida aytganimizdek, klassik iqtisodchilar ta'kidlashicha, kapitalizmning o'ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg'arma va investitsiyaning tengligini ta'minlaydi. SHuning uchun ham to'liq bandlik mavjud, ya'ni, pul bozorida (foiz stavkalari) jamg'arma tariqasida daromadlar va xarajatlar miqdoridan chiqqan mablag'lar o'z-o'zidan investitsion mahsulotlarga sarf qilingan mablag'lar miqdorida qaytadan kelishi ustidan nazorat olib boriladi. Foiz stavkalari yordamida jamg'arma va investitsiyalarni boshqarishning izoxi oddiy va hammaga tushunarlidir.
Klassik iqtisodchilarning ta'kidlashicha, boshqa vaziyatlarda uy xo'jaliklari jamg'arish o'rniga iste'mol qilishni afzal ko'rishadi. Tovar va xizmatlar iste'moli insoniyat talabini qondiradi, foydalanilmagan mablag'lar yo'q. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, iste'molchilar ularning tejamkorligini rag'batlantirish tariqasida foiz stavkalari to'lasagina jamg'arishi mumkin. Foiz stavkalari qanchalik yuqori bo'lsa, shunchalik ko'p mablag' jamg'ariladi. Jamg'armalardan foydalanish uchun kimlar to'lov ishlarini olib borishadi?
Albatta, korxona raxbarlari, investorlar, Ya'ni, o'zining ishlab chiqarishini kengaytirish va yangilash uchun pul kapitalini izlovchilar hisoblanishadi.
Bilamizki, foiz stavkalari ishbilarmonlarning ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Demak, ular o'z vaqtida foiz stavkalarining pastrok bo'lishiga intilishadi. Qisqacha aytganda foiz stavkalarining o'zgarishi Sey qonunini ko'prok miqdorda jamg'armalar mavjud bo'lgan iqtisodiyotda ham faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. Foiz stavkasi, jamg'arma va investitsiyani bog'lab turar ekan, butun iqtisodiyot shunday bo'lishi kerak, deb ta'kidlashadi.
Klassik iqtisodchilar o'z g'oyalarini yana bir tushuncha bilan isbotlashga harakat qilishadi. Ya'ni, tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan mahsulotlar hajmining darajasi nafaqat umumiy xarajatlar miqdoriga, balki mahsulotlar Bahosi darajasiga ham bog'liq. Bu shuni bildiradiki, agarda foiz stavkalari ayrim sabablarga ko'ra, jamg'armalarni investitsiyalar tariqasida ishlab chiqarishga qaytarmasa, kamaygan har qanday xarajatlar miqdori mos ravishda Bahoning pasayishi bilan qoplanadi. Boshqacha aytganda 40 so'mga 10 so'mdan to'rtta ko'ylak sotib olishsa, narxlar 5 so'mga kamayganda 20 so'mga shuncha ko'ylak sotib olish mumkin.
Sotuvchilar o'rtasidagi raqobat bahoning egiluvchanligiga olib keladi. Bundan tashqari talabning kamayishi ortiqcha mahsulotlardan qutilish uchun narxlarning pasayishiga sabab bo'ladi. So'm to'lov qobiliyatining oshishi jamg'armasi mavjud bo'lmagan shaxslar mavjud pul mablag'lari sharoitida ko'prok mahsulotlar sotib olishga undaydi.
SHuning uchun jamg'arma ishlab chiqarish va bandlikning pasayishiga emas, balki narxlarning pasayishiga olib keladi. Narxlarning pasayishi resurslar narxining pasayishiga, xususan, ish haqining pasayishiga ham olib keladi.
Klassik iqtisodchilarning fikricha, ish xaqi miqdori kamayadi va kamayishi kyerak. Ish xaqining kamayishi ishsizlar sonini oshiradi. Ammo, ishbilarmonlar ishsizlarni oldingidek yuqori ish xaqi stavkalari bilan emas, balki past stavkalar bilan ishga jalb qilishadi. Mehnatga boʻlgan talab tezda kamayadi. Yuqori ish xaqi stavkalarida ishlaydigan ishchilar past ish xaqi stavkalarida ishlashga majbur bo'lishadi. Raqobatning mavjudligi ishchilarni shunga rozi bo'lishga majbur qiladi. Bo'sh ish joylariga bo'lgan raqobat ish xaqining shu darajagacha pasayishiga olib keladiki, toki ishbilarmonlar barcha ishsizlarni ishga jalb qila olishsin. SHuning uchun klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlik mavjud bo'lmaydi, deb hisoblashadi. Ularning fikricha,davlatning iqtisodiyotga aralashuvi umuman mumkin emas.
Klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra AD=AS xolati ro’y bermaydi umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan yani ADKlassik dixotomiya kontseptsiyasida—ikki parallel bozor , real va pu bozori aloxida – aloxida amal qiladi ular o’rtasidagi muvozanat avtamatik barqarorlashtirgichlar orqali taminlab turadi deb xisoblanadi. Real bozorda xamma maxsulotlar bozor oldi sotti ishlari dallollar va olib sotarlar o’rtasidagi munosabat bu yerda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish va foyda olish tushuniladi. Pul bozori esa banklarda qilinadigan amalyotlar valyuda ayriboshlash kriditlar va qimmatbaxo qog’ozlar ayriboshlash siyosatlari kiradi. Bularni xammasini davlat o’z nazorati ostiga olgan.
Keynsning tavarlar va xizmat bozoridagi makroiqtisodiy muvozanat modeli 1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm yangi iqtisodiyotga ish bilan bandlik nazariyasini Pul foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi. Yani Keyns makroiqtisodiy muvozanatga ega bolgan sharoitda xam erishishni va ish bilan bandlik qonuniy xolat emasligini shuning uchun tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodiflar ro’y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shu bilan birgalikda bu nazariyada faqat urush va tabiy ofatlar shu kabi ofatlar bu kabi vaziyatlar bogliq emaligini ,balki bizning tinchlik osoyishta surayotgan davlatimizda ichki omillar va salbiy oqibatlar ichki nizolar kelib chiqishini isbotlab berdi. Ishsizlik va infilatsiyani kelib chiqishiga investitsiya va jamg’armani bevosita aloqasi bor. Maxsulotlarni naxlarini oshishi keyin ish xaqini salbiy tarafga tushushi bilan iqtisodiyoyni bir tekis barqaror turishiga olib keladi. Bonday siyosatlar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg’armalarning bir biriga mos kelmaydi deb xisoblayman. Yani bu yerda rejalashtirilganxarajatlar va uy xo'jaliklari firmalar va tashqi dunyoni maxsulotlarni sotib olishga qaratilgan xarajatlar kiradi. Yani rejalashtirilgan xarajatlar va rejalashtirilmagan xarajatlar kiradi.
Klassikchilar fikricha jamg’arma va investitsiyalar asosiy miqdorini aniqlaydigan birdan bir omili foiz stafkasi xisoblanadi demak agar foiz stafkasi oshsa uy xo’jaligida istemol qilinadigan mahsulotlar kam bo’ladi va ko’proq jamg’arishga harakat qilishadi. Uy xo’jaligida pul jamg’armasi ko’payishi kredit narlarining kamayishiga olip keladi bu siyosat esa investitsiyalarni o’sishini taminlaydi keynschilar fikri esa foiz stafkasi emas balki aholining ixtiyoridagi daromadi istemol va jamg’arishga qaratiladi. Bu yerdagi nazariy asoslarga tayangan bo’lip Keyns o’zining maqroiqtisodiy modelini ishlab chiqdi. Keynisning iqtisodiy nazariyasi modeli ishlap chiqarishning kamayishi natijasida rejalashtirilgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solip turuvchi davlat siyosati zarur degan.
.
Rejalashtirilgan investitsiya harajatlari uy ho’jaliklari firmalar davlat va tashqi dunyo mahsulotlarini va hizmatlarini sotib olishga qaratilgan harajatlar kiradi.
Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda kutilmagan o’zgarishlar bo’ladi va Tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishsa haqiqiy harajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi E=C+I+G + Xp.
Bu yerda istemol qilish funksiyasi {C=a+b{Y-T}} va I + G + Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi Xp esa sof eksport bo’lib uning funksiyasi quyidagi k’rinishda bo’ladi.
Xp=g –m’Y
Bu yerda: g – avtanom sof eksport;
m’ – importga chegaralangan moyillik; Y – daromad
Keyns xochi ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mehanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir biriga teng bo’lgan {Y=E} chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Bunda zaxiralarning o’sishi firmalarda ishlab chiqarish hamda bandlik darajalarini pasaytirishga olib keladi. O’z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga erishiladi. Aksincha haqiqiy ishlab chiqarish uni muvozanat darajasidan kam bo’lgan vaziyatda esa, firmalar istemolchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarilayotganligini ko’ramiz .
Rejalashtirilgan xarajatlarga kirishi mumkin masalan biz 1 oyda 30 ta olma yeyishni rejalashtirganmiz va shu olmalarni kuniga 1 tadn yeyishimiz kerak shunda biz 30 kunda 30ta olma yeymiz orada 1 kunda 2 ta olma yesak bu qoshimcha xarajatlarga olib keladi yana bir misol Prizidentimizni 2017-2021 yillardagi xarakatlar strategiyasini ishlab chiqqandi va shu strategiya asosida 2017-2021 yillarda iqtisodiy ijtimoiy soxalarga qurilish soxalariga katta investitsiyalar kiritdi va shu bilan O'bekistnda katta o'zgarishlar bo'lib o'tdi.
Rejalashtirilmagan xarajatlar bularga kiradi masalan tabiy ofatlar yong'in zilzilalar suv toshqinlari shular kiradi va shularga ketadigan xarajatlar rejalashtirilmagan xarajatlar sifatiga kiradi.


Xulosa
Klassik iqtisodchilar ish xaqini kamayadi va kamayishi kerak deb yuritishgan yani bu yerda ish xaqini kamayihi ishsizlarni sonini oshishini aytib o’tishgan bu modelda asosan ikki xil yo’nalishda ish tutishgan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan xarajatlar bu xarajatlar asosida Keyns Xochi modeli ishlatilib kelinmoqda.Bu mo’delni tan olmadigan qonun bor ekan bu qonun Sey qununidan boshlanadi va bu qonun moxiyati maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki bo’lmasa ishlab chiqarilgan maxsulotnilarni qiymatina teng daromad yaratadi degan g’oyalardan iborat qonun ekan.

Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling