Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar fani


Download 283.5 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi283.5 Kb.
#1045030
Bog'liq
Техnika xavfsizligi qoidalari

  • ТЕХNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
  • TEXNOLOGIYA, MENEJMENT VA KOMMUNIKATSIYA INSTITUTI “INFORMATIKA” KAFEDRASI FAN: “IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TЕXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR”

ТЕХNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI

  • 42 volt kuchlanish inson hayoti uchun xavf tug`diradi.
  • Tok urishi natijasida inson organizmida zaryadlarning taqsimlanishi buziladi va hayotiy zarur organlar yurak, bosh miya, nerv tizimlari jarohatlanib, insonni o`lim holatiga olib kelishi mumkin.
  • Kompyuter xonalarini betonl polli xonalarga, yerto`lalarga joylashtirish taqiqlanadi.
  • Informatika xonalari poli elektr tokini o`tkaznaydigan qilib moskashtirilishi lozim.
  • Yuqori kuchlanish (220 V) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlar ham ikki marta izolyatsiya qilinishi shart.
  • Tana haroratining ko`tarilgan bo`lishi, terlab turib kompyuterda ishlash, barmoqlarning shilinishi, qo`llarning namligi inson tanasi qarshiligini 2-50 martagacha kamaytirib, shuncha marta tok urish xavfini orttirishi mumkin
  • Kompyuter va foydalanuvchi orasidagi qisqa masofa 50 sm dan kam bo`lmasligi kerak.
  • Monitor va klavaturalarni tozalashda xlorli vositalardan foydalanmaslik lozim.
  • Kompyuter qizib ketishi oldini olish uchun ventilyatsiya teshiklari berkilib qolishini oldini olish lozim.
  • Monitor ekranlari quyosh tushadigan tarafga qaratilgan xollarda derazalar qorong`i qiluvchi pardalar bilan yopilishi lozim.
  • Elektr simlari chuvalab ketishini oldini olish lozim.
  • Kompyuter xonalarda stol va stullarni ruxsatsiz ko`chirish, klaviatura, sichqoncha kabi qurilmalarni ruxsatsiz ko`chirish man etiladi.

Elektromagnit va lazer nurlanishlar

  • Kineskopli monitorlarda ekrandagi tasvirga qarab 30 000 V gacha yuqori kuchlanish bo`lishi mumkin.
  • Sistemali blokda esa 3 000 000 000 Hz gacha yuqori chastotali elektr signallar mavjud bo`ladi.
  • Kompyuterlarda qo`llaniladigan lazer qurilmalari 1-guruh lazerli qurilmalarga kiradi va ular inson sog`lig`i uchun xavfli emas va ular qurilmadan tashqariga tarqalmaydi.

Elektromagnit va lazer nurlanishlar

  • Lazerli printerlar kukuni tarkibiga zaharli moddalar qo`shiladi, ular qog`ozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va zararsizlantiriladi.
  • Printerga tiqilib qolgan qog`oz sug`urib olinganda undagi kukunning bir qismi kuydirilmagan bo`ladi va havoga chang tarzida tarqaydi, kiyim va teriga yuqib, inson organizmiga kirib borishi mukin.
  • Bunday chala kuydirilgan qog`ozlarni qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va ahlat qutilariga tashlash mumkin emas.
  • Ularni darhol avvaldan tayyorlab qo`yilgan yupqa sellofan yoki qog`oz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash lozim.

SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI

  • Kompyuter monitori o`tirgan foydalanuvchilar ko`zlari darajasidagi balandlikda bo`lib, foydalanuvchilar undan 40-80 sm masofada o`tirishlari lozim.
  • Kompyuterda ishlash vaqti o`quvchilar uchun 30 daqiqadan oshmasligi lozim.
  • Kompyuter xonasining kvadrat metri unda joylashgan kompyuterlar sonidan 6 marta ko`p bo`lishi lozim.
  • Kompyuter klaviaturasida iflos qo`llar va o`stirilgan tirnoqlar bilan ishlash mumkin emas.

E`tiboringiz uchun raxmat

  • E`tiboringiz uchun raxmat

Download 283.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling