Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari
Power Pointda yaratilgan hujjat ichida yangi slayd yaratish va o‘chirish
Download 189.98 Kb.
|
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya
37.Power Pointda yaratilgan hujjat ichida yangi slayd yaratish va o‘chirish.
Power Point dasturiga kirish: Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna hosil bo’ladi: Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha foydalangan hujjatlar to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga takil etayotgan hujjat yaratiladigan dizaynlar eskizlari namoyon bo’lgan. Bulardan foydalanuvchi o’ziga maqul bo’lgan dizaynni tanlaydi va natijada Power Point dasturining quydagi ishchi sohasi namoyon bo’ladi. Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi. Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 10 bo’limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu bo’limlar yordamida biz taqdimot,slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan obyektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Endi bu bo’limlar bilan yaqinroq tanishaylik: Asosiy menyu (Главная) yordamida foydalanuvchilar slayd qo’shishlari, yozuvlarga ishlov berishlari, abzats va matn ko’rinishlari bilan ishlashlari mumkin: Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot yaratuvchining ism-sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi. Masalan:Asosiy menyudagi uskunalarning har biri bilan tanishib chiqamiz: Qo’shish (Вставка) menyusidan prezentatsiyamiz uchun kerakli bo’lgan jadval, rasm, turli xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va multimediyalar joylashtirish imkoniyatiga egamiz: Masalan: Jadval yaratish 1. Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini bosamiz. 2. Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz. Murakkab jadvallarni yaratish: 1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) tugmasini bosamiz. 2. So'ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi. 3. Sichqonning ko'rsatkichi qalam shakliga o’tadi: 4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan tomonga harakatlantiriladi. Shu yo'l bilan har xil turdagi jadvallarni chizish mumkin. 5. Jadvalning ortiqcha joylarini o'chirish uchun Lastik (o’chirg’ich) dan foydalanamiz. Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e’tibor qaratamiz: Kompyuter internetga bog’langan bo’lsa, dizaynlardan foydalanish imkoniyati kengayadi: Переходы bo’limidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va ularning boshlanish va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin: Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo’lishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda bu o’tishlarning turlari ko’payib bormoqda . Animatsiya menyusida slaydga joylashtirilgan ma’lumotlarga: jadval,rasm, shakllar, formula, diagramma va matnlarga animatsiyalar tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida prezentatsiyaga bo’lgan diqqatni saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil animatsiyalarni tanlashimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Animatsiyalar 3 xil bo’ladi: 1. Kirish (obyektning kirib keladi) 2. Belgilash (slayd davomida e’tiborni o’ziga tortadi) 3. Chiqish (obyekt chiqib ketadi) Slayddagi obyektlarning ketma-ketligini tartiblash uchun «Область анимации» parametri tanlanadi va oynaning o’ng tarafida quyidagi maydon hosil bo’ladi. Слайд-шоу» - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish bo’lishini ko’rishda yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini ko’ra olamiz. Bu menyu quyidagi funksiyalarni o’z ichiga oladi: Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn translyatsiya qilish imkoniyatlari ham mavjud. Taqdimot yaratib bo’lingach uni saqlab qo’yish maqsadga muvoviq bo’lib, bu jarayon menyular qatoridagi «Файл» bo’limidan amalga oshiriladi. Bu bo’lim tanlangach boshqa oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan «Сохранить» tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi: Bu oynaning o’ng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan papka tanlanadi va taqdimot uchun nom tanlanadi: So’ngra «Сохранить» tugmasi bosiladi va taqdimot tanlangan papkaga saqlanadi. Download 189.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling