Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari
D printerlarning ishlash xususiyati
Download 189.98 Kb.
|
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Operatsion tizimlar xususiyati va ishlash prinsiplari. Operatsion tizim
7.3D printerlarning ishlash xususiyati.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‘lanib qolgan. Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‘p qirrali vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‘ng‘iroq qilish, xabar yoki rasm yuborish/qabul qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, kerakli ma'lumotlarni olish, foto yoki video olish, tomosha qilish, musiqa eshitish, turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin.Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir. Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot yordamida uy qurish, protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho esdalik buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo‘nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya to‘siqlarini hech qanday qoliplarsiz “chop etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bo‘lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti metr bo‘lgan binoni “barpo qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” o‘rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha bu usulda yirik inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda. 8.Operatsion tizimlar xususiyati va ishlash prinsiplari. Operatsion tizim 1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: - fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); - dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); - xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.); - foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar. MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarniqo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi. Download 189.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling