Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari


Excelda formulalar va funksiyalardan foydalanish


Download 189.98 Kb.
bet68/99
Sana04.04.2023
Hajmi189.98 Kb.
#1326596
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya

32.Excelda formulalar va funksiyalardan foydalanish.
Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan. Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z ichiga olgan. Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.

  1. Bir katakni belgilang.

  2. Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.

  3. Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.

Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang. 4. A1 katakning qiymatini 3 ga o’zgartiring. Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri! Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar qatorida ko’rsatadi. 1. Formulani tahrirlash uchun, formulalar qatoriga bosing va formulani o’zgartiring. 2. Enter tugmasini bosing. Excel odatdagi standart tartib bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar formulaning biror qismi qavs ichida bo’lsa, o’sha qism avval hisoblanadi. Keyin ko’paytirish va bo’lish amallarini bajaradi. Ular tugagandan so’ng, formuladagi qo’shish va ayirishni bajaradi. Quyidagi misolga qarang. Dastlab, Excel ko’paytirishni bajaradi (A1 * A2). Keyin, A3 ning qiymatini chiqqan natijaga qo’shadi.Boshqa bir misol: Excel avval, qavs ichidagilarni hisoblaydi. Keyin, chiqqan natijani A1 katakning qiymatiga ko’paytiradi. Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa ko’chirilgan katakka mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib chiqadi. Buni tushunish uchun quyidagilarni bajaring.1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting. 2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki CTRL + c)ni bosing…so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’ (Параметры вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing. 2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning pastki o’ng burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan bir xil natijani beradi! Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi. Har bir funksiya bir xil tuzilishga ega. Misol uchun, SUM(A1:A4). Bu funksiyaning nomi SUM (yig’indi). Qavs ichidagi qism (argument) shuni anglatadiki, biz Excelga qiymat kiritiladigan A1:A4 sohani beramiz. Bu funksiya A1, A2, A3 va A4 kataklardagi qiymatlarni qo’shadi. Har bir ish uchun qaysi funksiya va qaysi argumentlarni ishlatishni eslab qolish oson emas. Funksiya kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

  1. Bir katakni tanlang.

  2. Funksiya Kiritish tugmasini bosing.

“Funksiya Kiritish” muloqot oynasi ko’rinadi. 3. Biror bir funksiyani qidiring yoki mavjud kategoriyalardan biror funksiyani tanlang. Masalan, “Statistical” kategoriyasidan COUNTIF ni tanlang. 4. OK tugmasini bosing.
‘Function Arguments’ (Funksiya Argumentlari) muloqot oynasi ko’rinadi.
5. Range (Soha) katakchasi ichiga bosing va A1:C2 sohani tanlang.
6. “Criteria” katakchasi ichiga bosing va >5 ni kiriting.
7. OK tugmasini bosing.
Natija. Excel qiymati 5 dan kattaroq bo’lgan kataklar sonini sanaydi.

Download 189.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling