Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1029435
1   2   3   4   5   6   7
 
II.2.DOS versiyalari. 
 
IBM PC kompyuterlari uchun birinchi versiya MS DOS 1.0 Microsoft
firmasi tomonidan 1981 yili yaratilgan. Undan keyin IBM PC kompyuterlari 
takomillashib borgan sari DOS kompyuterlarning yangi imkoniyatlarini hisobga oluvchi 
va foydalanuvchiga yangi qulayliklarni taqdim etuvchi yangi versiyalari chiqarildi. 
1987 yili Microsoft firmasi MS DOS operatsion tizimining amalda keyingi 3-
4 yilga standartga aylangan 3.3 (3.30) versiyani ishlab chiqdi. Bu versiya juda ixcham va 
yetarli darajadagi imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lganidan "standart IBM PC AT" da 
hozir ham undan foydalanish maqsadga muvofiq. Ammo tezkor xotirani quvvati bir necha 
megabayt bo‘lgan quvvati balandroq kompyuterlarda MS DOS operatsion tizimining (5.0 
va 6.0) versiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu versiyalar quvvati 640 
Kbaytdan ortiq tezkor xotiradan samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan zarur 
vositalarga ega, 32 Mbaytdan ortiq mantiqiy disklar bilan ishlash, odatdagi xotirada 
amaliy dasturlar uchun joy ochib, DOS va uskunalarning drayverlarini kengaytirilgan 
xotiraga ko‘chirish va boshqa imkoniyatlarni yaratadi. MS DOS 6.0 versiyasi o‘z ichiga 
disklardagi axborotni arxivlash vositasi (DoubleSpace), zaxira nusxalarini yaratish 
dasturi, virusga qarshi dastur va boshqa mayda holatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu 
versiyada axborotni qabul qilish dasturlari hamma vaqt ham bexato ishlayvermaydi, bu 
ayrim foydalanuvchilarda ma’lumotlarning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu muammolarni 
va boshqa xatolarni bartaraf etish uchun Microsoft firmasi MS DOS ning 6.20 
versiyasini chiqardi. Bu versiya MS DOS ning 6.0 versiyasiga qaraganda barqaror, 


ishonchliroq va tezroq ishlaydi hamda o‘z ichiga uncha katta bo‘lmagan bir qator 
mukammalliklarga ega. Ammo MS DOS da Steck Elektronic firmasining potensiali 
buzilgani haqidagi sud qarori Microsoft firmasini avval MS DOS 6.21 versiyasini 
chiqarishga majbur qildi. Undan patentni buzgan, DoubleSpace disklarini dinamik
siquvchi dastur olib tashlangan. Bizning fikrimizcha, bu ikki versiyadan afzalrog‘i – MS 
DOS ning 6.20 versiyasidir. 
Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi Digital Research (hozirgi vaqtda - bu 
Novell firmasining bo‘linmasi) firmasining DR DOS operatsion tizimining 6.0 yoki 7.0 
versiyalarini yoki IBM firmasining PS DOS operatsion tizimini ishlatadilar. DOSning 
bu versiyalari MS DOS versiyalariga qaraganda ko‘proq qulayliklarga ega, lekin 
ular bilan har jihatdan ham moslashgan emas. Masalan, axborot qismining ularda 
ishlatiladigan vositalari bir-biriga mos emas, birining o‘rnini ikkinchisiga almashtirsa 
birgalikda ishlay olmaydi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling