Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar. Amaliy topshiriq 1


Download 16.38 Kb.
Sana10.09.2023
Hajmi16.38 Kb.
#1675209
Bog'liq
Amaliy-1(2)-semestr



Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar.
Amaliy topshiriq 1.
Topshiriq 1. Internet tarmog‘i xizmatlari va ulardan foydalanish.
Topshiriq 2. Bank faoliyatida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar «ASBT», «AISKB», «IABS», «GLOBUS», “NC” va boshqalar haqida tushuncha bering.


1. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.
Internet tarmog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatishdan iborat.
Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarda foydalaniladi. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTP (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Internet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal), mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual (hayoliy, faqat kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan) to'plamdan tashkil topadi.
Internet xizmati turlari
Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo’lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

- WWW - elektron sahifa xizmati;


- elektron pochta xizmati;
- telekonferensiya (Usenet);
- fayllarni uzatish (FTP);
- slujba imen domen (DNS) (tarmoq hududlariga nom berish xizmati);
- Kop’yuterlarni masofadan boshqarish Telnet xizmati;
- IRC - xizmati yoki Chat konferesiya;
- Ma'lumotlarni izlash xizmati.
- Xabarlarni elektron tarizda uzatish usulu-Elektron pochta
2. Avtomatlashtirilgan tizimlar bankni muvaffaqiyatga olib keluvchi bank, faoliyatini rivojlanishini qo’llab-quvvatlashi lozim.
BANK - bu moliya va kredit muassasi bo’lib, pul va qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni turli xil ishlab chiqarishda davlat, yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy xizmat ko’rsatadi.

BANK- bu tijorat tashkiloti bo’lib:


- bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega;
- yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini jalb qilish huquqiga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga bank hisob yuritish;
- maxsus ruxsatnomalar vakolatli davlat organlari asosida ish (markaziy bank) yuritishi va hokozo. Axborot boshqaruvi tizimi bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib, bozordagi holat bank operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va boshqalarga oid axborotlarni ta’minlaydi.
Ular yordamida olingan axborotlar bank tomonidan mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash va shaxsiy maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Bank faoliyatini avtomatlashtirishning mavjud tizimlarini to’rt avloddan biriga kiritish mumkin.
Lokal tarmoqqa ulanmagan kompyuterlar asosida qurilgan tizimlar. Ma’lumotlar alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumot ayirboshlash disket darajasida amalga oshiriladi.
Lokal tarmoqqa ulangan, «intellektual ishchi stantsiyalar - fayl-server» sxemasi bo’yicha tashkil etilgan. Avtomatlashtirilgan ishlash joylarida (AIJ) axborotni joyida qayta ishlashni ta’minlaydi.
Ixtisoslashtirilgan ilovalar serveri asosiga qurilgan tizimlar, ya’ni ko’p vazifalari, ko’p foydalanuvchili tizimlar ta’siri ostida ishlab, «mijoz-server» texnologiyasida ishlar amalga oshiriladi.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi tizimlar, ularda, masalan, asosiy idora va filial, kompyuterdagi axborotlarni qayta ishlash, yagona faylda olib boriladi.
Bank axboroti uch toifaga ajratiladi:
Hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi ma’lumotlar (majburiy ravishda elektron ko’rinishda bo’lishi lozim);
Tez-tez foydalanuvchi va shaklga solinadigan qo’shimcha axborot (uni ham elektron ko’rinishda saqlagan ma’qul);
Batafsil va shaklga solish murakkab, xususan, matnli axborot (qog’oz tashuvchida saqlash, lekin elektron tarzda ro’yxatga olgan yaxshi).
Kompyuter tizimi ichida axborot ma’lumotlar bazasi ko’rinishida saqlanadi. Bunda alohida ish joylarida bajarilgan hisob-kitoblar o’zaro axborot bog’lanishini taqozo etiladi. Bank faoliyatidagi o’zaro aloqalar va munosabatlar matn bilan- boshqaruv ta’siri hisoblanuvchi qonunlar, hukumat qarorlari, yo’riqnomalar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchilari o’zaro erkin matn xabarlari, so’rovnomalar va o’z faoliyatiga taalluqli xatlar almashtirishlari mumkin.


Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling