Iqtisodiyotda kichik biznesni rivojlantirish istiqbollari


Download 25.32 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi25.32 Kb.
#1280363
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyotda kichik biznesni rivojlantirish istiqbollari. 6

IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.

REJA:


1.Kichik biznes va tadbirkorlikni milliy iktisodiyotning turli tarmoklarida rivojlanishi
2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish
3.Istikbolda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog‘liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag‘batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.


Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro‘y berdi.
Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib – u narxlarning o‘sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda loqaydlik qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun rag‘batlarning yo‘qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig‘imining yuqoriligi, mahsulot sifatining pastligi va xarajatlarning ko‘pligi sababli sodir bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish qiyin
Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi uchun yuqori darajadagi turmush tarzini ta’minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta’minlashdir. Bugungi vaziyat ushbu yuksak maqsadni amalga oshirish uchun yetarli darajadagi optimistik yechim hisoblansada, kichik biznesni qo‘llab – quvvatlash uning obyektlaridan kelib chiqqan holda o‘zining mustaqil maqsadiga ham ega bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ( sof raqobatchilik amaliyotini har tomonlama ko‘llab-quvvatlash;

  • (mulkdor va tadbirkorlarning keng qatlamini shakllantirish;

  • (fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida maksimal darajada o‘z - o‘zini shakllantirishini ta’minlash;

  • (kichik biznesni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini va subyektlarining ustuvor faoliyat turlarini rag‘batlantirish;

  • (resurslarni to‘plash va ularni ustuvor yo‘nalishlarda qo‘llashga ko‘maklashish;

  • (kichik biznes subyektlarini yirik milliy iqtisodiy dastur va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mahsulot yetkazib berish va davlat extiyojlari yuzasidan tadbirlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yil 1 yanvar holatiga kichik biznesning ulushi mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlar soni bilan solishtirganda – 76.5 foizni, ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy huquqiy shakllari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda xususiy korxonalar 75,8 % ni tashkil kiladi. Mamlakatda kichik biznesning doimiy ravishda tashkil etilishi, ularni 20 tadan ortiq iqtisodiy faoliyat turlari: asosan, savdo, sanoat, kurilish, transport va aloqa, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha taqsimlanishini ta’minladi. 2019 yil 1 yanvar holatiga Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 262,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,5 % ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya’ni 60,0 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,4 mingtasi (9,6 %) Toshkent, 23,3 mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi(8,6%) Andijon viloyati hissalariga to‘g‘ri keladi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining eng katta ulushi Toshkent viloyatiga(9,6%) to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 262,9 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 70,5 mingtasi (26,8 %) – savdo, 56,2 mingtasi (21,4 %) - sanoat, 29,0 mingtasi (11,0 %) - qurilish, 24,0 mingtasi (9,1 %) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,7 mingtasi (7,5 %) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,1 mingtasi (5,0 %) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6 %) - axborot va aloqa sohasi, 5,4 mingtasi (2,0 %) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 38,4 mingtasi (14,6 %) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi


Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesni rivojlantirish darajasi 1000 kishiga mo‘ljallangan kichik korxonalar soni bilan tasniflanadi.
Turli mamlakatlarda kichik korxonalar rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari Mamlakatlar Kichik korxonalar soni (mingta) 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan kichik korxonalar soni Umumiy mehnat bilan bandlardagi ulushi, Masalan, Yevropada kichik korxonalarning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida savdoda-21 foiz, sanoatda-18 %, qishloq xo‘jaligida – 11 foiz, qurilishda – 13 %, transport va aloqada-14%, aholiga xizmat ko‘rsatish-12 %, korxonalar uchun xizmat ko‘rsatishda11% faoliyat yuritishsa, Osiyo davlatlarida esa sanoatda-41%, qishloq xo‘jaligiga21%, qurilishda-10%, transportda-12, savdoda-16 %ni tashkil etmoqda

Download 25.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling