Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalardan foydalanishning asosiy omillari
Download 236.49 Kb.
|
HIMMATILLO IAKT MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rustam Karimjonov, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari
Xulosa oʻrnida
“Raqamli tengsizlik tengsizliklarning doyasi” boʻlib turgan bir paytda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlish, iqtisodiy ravnaq topish, aholiga qulayliklar yaratishning asosiy shartidir. Quvonarlisi, bu mamlakatimizda asosiy kun tartibidagi masala. Raqamlashtirish borasida Oʻzbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda. Taʼkidlash joizki, taʼlim tizimiga raqamli texnologiyalarni olib kirish hamda ulardan oqilona foydalanish, albatta, zamon talabalaridan biridir. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi ham boshqa aloqador muassasalar bilan hamkorlikda mazkur kun talabini bosqichma-bosqich amaliy jihatdan oʻquv jarayoniga tatbiq etmoqda. Rustam Karimjonov, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari: — Pandemiya biz yashab turgan dunyoni tubdan oʻzgartirdi. Mazkur vaqt mobaynida AKT yuzaga kelgan ijtimoiy muammolarga yechim topish uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlagani ham bejizga emas. Zero, muhtaram yurtboshimiz2020-yilning nomida raqamli iqtisod atamasi borligi va bu borada keng ommaga, maktab bolalariga tushunchalar berish uchun pedagoglarga tinmay murojaat qilmoqdalar. Xalq taʼlimi sohasida ham raqamli tizimni rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. “Onlayn maktab”, “Kundalik.uz”, “Qabul.maktab.uz”, “Kitob.uz”, “Edu Market”, “Edu Kids”, “Coursera”, “Oʻqituvchilar Assotsiatsiyasi”, “Idea.itsm.uz” loyihalari shular jumlasidan. Rivojlangan davlatlarning eng nufuzli taʼlim muassasalari ham allaqachon raqamlashgan masofaviy oʻqitish tizimiga oʻta boshlagan. Ammo bu masalaning boshqa tomoni borki, mazkur tizimga oʻtishdan oldin, taʼlimning yangi oʻquv dastur va metodik jihatlarini hisobga olinishi zarur. Taʼlim muassasalari va oʻquvchilarni zaruriy texnologik qurilmalar va vositalar bilan toʻliq taʼminlash esa bu borada eng dolzarb masalalardan biri. Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi hamkor tashkilot bilan ushbu masalalarda keng hamkorliklarni yoʻlga qoʻygan. Misol tariqasida joriy yilda Toshkent shahridagi 133- va 250-maktablarda amalga oshirilgan raqamli taʼlimni joriy etish boʻyicha pilot loyihalarni aytish mumkin. Eslatib oʻtamiz, ushbu loyiha Xalq taʼlim vazirligi, “Oʻzbektelekom” kompaniyasi va “Huawei” kompaniyasi hamkorligida tashkil qilingan saʼy-harakatlarning natijasidir. Mazkur ikkita maktabning 5 tadan oʻquv xonalari Huawei kompaniyasi tomonidan taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy video-konferens aloqa tizimi, hamda maktab oʻquvchilari uchun planshetlar begʻaraz yordam sifatida taqdim etildi. Tajriba sifatida raqamli oʻquv tizimi borasida yangi yechim va oʻquvchilar salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan yechimlar namoyish qilindi. Xabaringiz bor, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼminoti hisobga olinib, koronavirus infeksiyasi yurtimizga kirib kelmasidan avval Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari hamda OʻzMTRK hamkorligida raqamli taʼlim tizimining uzviy qismi hisoblangan videodarslar tayyorlash ishlari boshlangandi. Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili tugashi bilan mamlakatimizning barcha hududiga toʻrtta telekanal orqali videodarslar uzatilgan. Tabiiyki, bu aholi xavfsizligini taʼminlash hamda virus tarqalishining oldini olish bilan birga, oilada ota-ona hamda farzand oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda esa, taʼlim bilan bogʻliq ishlarini zamon talablariga moslab borish uchun raqamli taʼlim tizimini joriy etish ishlarini doimiy amalga oshirib borish zarur. . Download 236.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling