Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni


Eksport-ishlab chiqarish zonalari


Download 70.64 Kb.
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi70.64 Kb.
#1748456
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kamilova Iroda

Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi.
  • 1973 yil 18 mayda Kioto shahrida bo‘lib o‘tgan konventsiyada EIH tushunchasiga rasman izoh berilgan. Unda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud bu ma‘lum bir davlat xududining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi»39. Bizning fikrimizcha, bu ta‘rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o‘tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to‘g‘ridir. Ushbu tushunchadan ko‘rinib turibdiki, EIH tom ma‘noda erkin emas, balki nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to‘lovlaridan, import solig‘i va import nazarotilardan ozod etilgani uchun ham bu hudud erkin iqtisodiy xudud, deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga xorijdan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan, deb e‘lon qilinmaydi. Shu bilan birga, qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarni mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki uni engillashtiradi.
  • Davlatning EIHni tashkil etish orqali maxsus hududlarga investitsiya oqimini kuchaytirishga qaratilgan intilishlarini T.Danko va Z.Okrutlar ta‘kidlab o‘tadilar. Ular EIHni «qulay investitsiya muhitini yaratish uchun hamda ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, ilmiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi omil, mexanizm», deb biladilar41. Iqtisodiy lug‘atlarda EIHning xorij investitsiyalarining kirib kelishini rag‘batlantirishiga urg‘u berilgan. U yerda yozilishicha: «Erkin iqtisodiy hudud – xorij kapitali ishtirokidagi faoliyatni rag‘batlantiruvchi, imtiyozli valyuta- moliyaviy va anchayin qulay soliq rejimlariga ega bo‘lgan hududdir»42. Biroq, professor E.Avdokushenning fikriga ko‘ra, mamlakat xorij investitsiyalariga butunlikcha yo‘l ochib berishni istamagan holda, balki investitsiyalarni ma‘lum bir hududga yoki sohaga yo‘naltirish niyatida, mamlakatning ba‘zi yerlarida EIHlarni tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, so‘ngi paytlarda davlatlar o‘rtasida boshqa mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar borasida kuchli raqobat bormoqda. Demak, bundan xulosa qilsak, bu kurashda EIH «jahon xo‘jaligi miqyosida ko‘chib yurgan kapitallar uchun o‘ziga xos qopqon»43, deb hisoblasa bo‘ladi
  • Demak, bundan xulosa qilsak, bu kurashda EIH «jahon xo‘jaligi miqyosida ko‘chib yurgan kapitallar uchun o‘ziga xos qopqon»43, deb hisoblasa bo‘ladi. Iqtisodiy ilmiy adabiyotlarda, ko‘pincha, EIHga investorlarni nima jalb qilishi yuzasidan baxs yuritiladi. Ba‘zi bir olimlar, bu masalaning echimi, faqatgina qulay rejim, xo‘jalik yuritishning maxsus sharoiti, deb hisoblaydilar. Xususan, Ya.Druzik ko‘rsatishicha, «...har qanday erkin iqtisodiy hududning rivojlanishidagi muhim sababchisi imtiyozlardir (bo‘lib hisoblanadi)...»44. Boshqa bir olimlar guruhi, masalan, V.Ivchenko, L.Samoylova, A.Kunetsovlar EIH rejimi taklif etadigan imtiyozlar tizimi, har doim ham xorijiy investitsiyani jalb etishda asosiy omil bo‘lib hisoblanmaydi, deb biladilar. Olimlarning yozishicha, «xorijiy investorlar uchun imtiyozlar hal qiluvchi emas, ularni, ko‘proq, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, xususiy mulkka nisbatan bo‘lgan munosabat, erkin xalqaro bitim va shartnomalar qiziqtiradi»45. Ayni paytda T.Danko va Z.Okrutlar ko‘rsatishicha, «Erkin iqtisodiy hudud hamisha davlat yurisdiktsiyasi ostida bo‘ladi»

Download 70.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling