Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Download 326.43 Kb.
bet65/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

541.Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki
yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli ynaltirilgan ta’sir ko‘rsatish.


542.Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.

543.Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrofmuhitdagi o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va
kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni talab qiladi.


544.Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida Tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish,
rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining funktsional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli,narx xosil bo‘lish modeli, reklama modeli va h.k.).


545.Marketing o‘zaro aloqalari - 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil tadbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga ynaltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomolar maqsadlarini qondirishga ynaltirilgan konsepsiya; 2) bajarish ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.


Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling