Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Download 326.43 Kb.
bet48/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

413.Ijtimoiy parametrlar – ijtimoiy sohani, uning tarkibini, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, ularning ehtiyojlari va manfaatlarini, ularni qondirish shakllari va usullarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, aholi daromadlari, iste'moli darajasi va dinamikasini, ularning tabaqalanishini, ularni belgilovchi omillarini o’lchovchi va baholovchi ko’rsatkichlar.

414.Ijtimoiy transfertlar – bu ekvivalent olinmasdan jamiyatga amalga oshiriladigan pullik yoki natural (xizmatlar yoki tovarlar ko’rinishidagi)
to’lovlardir. Ijtimoiy transfertlar to’lovining maqsadi - ijtimoiy himoya va aholi turmush sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatdagi inson resurslari imkoniyatlarini rivojlantirishdir.


415.Imtiyoz – qonunda belgilangan umumiy qoidalarni bajarishdan to’liq
yoki qisman ozod qilish, qandaydir majburiyatlarni bajarish; biror afzalliklarni taqdim qilish. Imtiyozda qandaydir ijtimoiy kafolat, moddiy yordam yoki nafaqa berishning o’ziga xos tartibi mavjud.


416.Iste'mol budjeti – eng muhim moddiy boyliklar va xizmatlar hajmi va tarkibining qiymat ko’rsatkichidir. Faktik va me'yoriy iste'mol budjeti farqlanadi. Me'yoriy iste'mol budjeti davlat daromadlar siyosatining ijtimoiy me'yorlari bo’lib, ijtimoiy siyosatni o’tkazishda ynalish rolini o’ynaydi. Iste'mol budjeti eng kam, oqilona va elitar iste'mol budjeti kabi standartlarda bo’lib, ehtiyojlarni qondirishning turli darajalarini aks ettiradi.

417.Iste'mol fondi – bu insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini va umuman jamiyat ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasiga, mudofaga harajatlar) qondirishni ta'minlovchi milliy daromadning bir qismidir. Ushbu fond miqdori ehtiyojlarni qondirishning imkoniyatlarini belgilaydi.

418.Iхtiyoriy ijtimоiy sugurtа – bu iqtisоdiyotning аlоhidа tаrmоqlаri dоirаsidа yollаnmа ishchilаr uchun uzоq muddаtli tаrmоqli vа jаmоа shаrtnоmаlаri аsоsidа tаshkil etilаdigаn sug’urtа.

419.Ixtiyoriy tibbiy sugurta – ixtiyoriy tibbiy sugurta dasturlari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy sugurtaning tarkibiy qismidir.Ixtiyoriy tibbiy sugurta jamoaviy va yakka tartibda bo’lishi mumkin.
Uning asosiy maqsadi sugurta qilingan shaxslarni majburiy tibbiy sugurta dasturlaridan ortiqcha sifatli tibbiy xizmatlar bilan kafolatli ta'minlashdir.



Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling