Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Download 326.43 Kb.
bet94/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

778.Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bogliq bo‘lgan o‘zluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning rentabelligini ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‘ringa ega. Uz ichiga mahsulotni diffyerentsiyalash va divyersifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.

779.Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga ynaltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, assortiment siyosatidan iborat.


780.Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy printsipial yo’nalishlari. Tovar strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yo’nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.

781.Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.

782.Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bogliq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.


Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling