757.Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini
beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx,
kommunikatsiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy ynalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |