184.Davlat budjeti – davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta'minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
185.Davlat daromadi – milliy mahsulot va milliy boylikning pul shaklida davlatga tekkan va uning mulkiga aylangan qismi. Davlat daromadi quyidagi asosiy shakllarga ega: soliqlar, soliqdan tashqari
to’lovlar, davlat korxonalaridan tushgan pul, davlatga tekkan dividend, davlat mulkini sotishdan kelgan pul tushumi.
186.Davlat zayomlari – davlatning qarz majburiyatlari. Hukumat va mahalliy xokimiyat zayomlar chiqarib, uni korxona, tashkilotlar va aholiga sotadi. Zayom chiqarish qarz ko’tarib, xarajatlarni qoplashni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |