Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet102/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

O’QUV O’YIN JARAYОNI





  1. Talabalar 4ta kichik guruxga bo’linadilar.

  2. 3ta guruh o’z rahbarlarini saylaydi va berilgan vazifalarni bajaradilar.

  3. 1ta gurux ekspert komissiyasi vazifasini bajaradi va guruxlarda olib borilgan hisob-kitoblarni tekshiradi, guruxlar faoliyatini baholaydi.

  4. Har bir guruxga vazifalar tarqatiladi.

  5. Guruhlar o’zlarining variantlari bo’yicha masalani echimini hisoblaydilar.

  6. Echim natijasi bo’yicha taklif etilayotgan variant gurux rahbarlari tomonidan muhokama qilinadi, bunda rahbarlar o’z takliflarini asoslaydi va himoya qiladilar.

  7. Rahbarlarning ochiq muhokamasi yakunida choralar joriy qilinadigan yilda talabdagi MU o’sishini va keyingi yillarda eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan eng yaxshi variant tanlanadi.

  8. O’qituvchi talabalar bilan birgalikda muhokamalarga yakun yasaydi, ekspertlar guruhi eng faol qatnashgan guruxni aniqlaydi. Guruh faoliyati baholanadi.



MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

Mustaqil ta’lim talabalar bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, “Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi” fanidan biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalarning mustaqil ish mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari mavzulari va magistrlik dissertatsiyasi bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o‘quv va ishchi o‘quv rejada __soat ajratilgan. Ushbu soat talabalarning amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug‘ulanish-lariga doir vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ta'limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida mavzuga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga doir O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari mazmunini talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko'chirmalar, tarqatma material sifatida o'rganilishi tavsiya etiladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishfanini o’rganishda O'zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklarining rasmiy saytlaridan respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga oid yangi ma'lumotlarni olib foydalanish lozim.
Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • taqdimot tayyorlash;

  • ilmiy loyiha yozish;

  • tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.

Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma'lumotlarini yangilab borish maqsadida:

  • axborot resurslaridan foydalanishni yo'lga qo'yish;

  • fanni chuqurroq o'rganish;

  • fanni mukammal o'zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo'llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.

Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi” fani bo’yicha mustaqil ta’limining mazmuni







Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling