Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet54/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.
Ma’lumki, huquqlari buzilgan fuqarolar adolat kutib fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qiladilar. Ammo o‘rnatilgan davlat boji stavkalari da’vogar jismoniy va yuridik shaxslardan katta miqdordagi davlat bojini to‘lashni talab etadi. Ular bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan taqdirda ko‘pincha odil sudga murojaat etishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu borada davlat bojini kamaytirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarorining istiqbolda qabul qilinishi fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab sudlarga murojaat qilish imkonini yanada kengaytiradi. Pirovard natijada nizolarning sud jarayoniga qadar etib borishi ularning adolatli hal etilishiga xizmat qiladi hamda davlat va jamiyat hayotida qonun ustuvorligining amalda ta’minlanishiga erishiladi.
Ikkinchidan, elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va global internettarmog‘ining kun sayin takomillashib hamda ommalashib borishi odil sudlovni yuritishning elektron shakllaridan keng tarzda foydalanish sud protsessi taraflari uchun har tomonlama qulayliklarni yaratadi.
Bu orqali odil sudlovni olib borishda samaradorlikning ortishiga va protsessual ishtirokchilar o‘rtasida sansalorlik natijasida ortiqcha xarajatlarning bartaraf etilishiga erishiladi.
Uchinchidan, sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Qonunchilikka kiritiladigan bunday o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali sud organlari faoliyati tizimiga oid ma’lumotlar hamda sud hujjatlarining oshkoraligini ta’minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bo‘lgan ishonchi va hurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida munosabatda bo‘linishiga erishiladi.
SHuningdek, bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 29-moddasida mustahkamlangan fuqarolarning o‘zlari istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish singari konstitutsiyaviy huquqlaridan sud organlari faoliyatiga nisbatan foydalanish imkoniyatini yaratadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 30-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqlaridan samarali tarzda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling