Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya siyosati
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda investitsiya loyihalarining roli va ahamiyati
Download 19.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiyotni moderizatsiyalash
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda investitsiya loyihalarining roli va ahamiyati
Investitsiya loyihasi - bu ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga kapital qo‘yilmalami sarflash bo‘yicha kompleks choratadbirlarni nazarda tutuvchi hujjatdir. Ushbu qo‘yilma!ar: Yangi qurilish; Mavjud korxonalami kengaytirish va rekonstruksiya qilish; Ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalariini modemizatsiya qilish; Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy darajada saqlash uchun sarflanadi. Investitsiya loyihasini ma’lum bir obyektni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik, iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa yechimlar ko‘rsatilgan qurilish loyihasidan ajratish kerak. Ya’ni, qurilish loyihasi - bu texnik-iqtisodiy asoslash, tushuntirish xati, u yoki bu obyektni qurish bilan bog‘liq bo‘lgan chizmalar va smetalami o‘z ichiga olgan hujjatlardir. Masalan, tushuntirish xatida loyihaning g‘oyalari va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asoslanadi. Chizmalar loyihalashtirilayotgan obyekt to‘g‘risida tassavurni beradi va shu bo‘yicha qurilish amalga oshiriladi. Smeta qurilish qiymatini tavsiflaydi va uning asosida esa moliyalashtirish ishlari hamda navbatdai pullik hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin, masalan, qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL), ishlab chiqarish loyihasi (IChL), materiallar, konstruktsiyalar va uskunalarni yetkazib berish j ad vail ari va boshqalar. Bir so‘z bilan aytganda, qurilish loyihasi, ko‘pincha usta, katta usta, qurilish uchastkasi va boshqarmalari boshliqlarining qoiida ko‘proq turadigan hujjatdir. Moliyalashtirish manbalari va qurilishga ajratilgan yer maydonlari bilan tasdiqlangan qurilish loyihalari qancha ko‘p boisa, shunchalik qurilish buyurtmalari “portfeli” to‘liq bo’ladi. Yana, investitsiya loyihalariga qaytamiz. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari investitsiya loyihalari xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umuman moliya-kredit tizimini takomillashtirish, mavjud muhandislik kommunikatsiyalarni modemizatsiya qilish, ekologiya va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazolar maqsadida ham ishlab chiqilishi mumkin. Turli darajalarda va turli maqsadlarda investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, milliy daromadning “vazmini” ni sezilarli darajada belgilab berganligi bois aynan mana shu bo‘g‘in darajasidagi investitsiya loyihalami ishlab chiqish strategiyasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Investitsiya obyektlari tavsifiga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin. Kapital qo‘yilmalaming tipik obyektlari bo‘lib, yer, bino va uskunalarga bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi. Korxonaning har xil sotib olish xarajatlaridan tashqari uzoq vaqt davomida daromad keltiruvchi boshqa ko‘plab xarajatlami amalga oshiradi. Bunday xarajatlar, masalan, tadqiqotlar, mahsulotlarni takomillashtirish, uzoq muddatli reklama, sotish tarmoqlari, korxonalarni qayta tashkil etish va xodimlami o‘qitishga yo‘naltirilgan investitsiyalardir. Investitsiyalar ishlab chiqarish vositalari sohasida, ya’ni real investitsiyalar shaklida joylashtirilishidan tashqari, moliyaviy jihatdan ham bo‘lishi mumkin va ular qimmatli qog‘ozlami sotib olishni anglatadi Investitsiya yo‘nalishini tanlashning asosiy vazifasi obyekt uchun qo‘yilgan mablag‘laming iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Har bir obyekt uchun alohida loyihani amalga oshirish tavsiya etiladi. Shunday qilib, quyidagilar investitsiya obyektlari hisoblanadi: Qurilayotgan, rekonstruktsiya yoki kengaytirilayotgan korxonalar, binolar, inshootlar (asosiy fondlar); Davlat va hududlar miqyosidagi dasturlar; Qimmatli qog‘ozlar. Investitsiyalar mahsulotlami (resurslar, xizmatlar) va uning elementlari (bosqichlari)ni yaratishdato‘liq ilmiy-texnik va ishlab chiqarish davrlarini qamrab olishi mumkin: ilmiy tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, yangi ishlab chiqarishni yoki yangi mahsulotlami ishlab chiqarishni tashkil etish, utilizatsiya va hokazo. Investitsiya obyektlari quyidagilar: loyiha ko‘lami; - loyihaning yo‘nalishi; investitsion siklning tavsifi va mazmuni; davlat ishtiroki tavsifi va darajasi qo‘yilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha tasniflanadi. Ushbu maqsadlar uchun har bir aniq loyihani belgilaydigan to‘rtta asosiy omil (tasniflash mezonlari) mavjud: Loyiha ko‘lami(hajmi); Amalga oshirish muddatlari; Sifat Resurslar cheklanganligi. “Oddiy” loyihalarda ushbu omillar ko‘p yoki kam darajada teng deb hisoblanadi. Shu bilan birga, omillardan biri ko‘proq ustunlikka ega bo‘lib, alohida e’tiborni talab qilsa, boshqa omillar ta’siri esa nazorat jarayonlari tufayli pasaytiriladi. Kichik loyihalar, loyihalash va uni amalga oshirish, loyiha komandasini shakllantirish jarayonida bir qator soddalashtirishlarni ta’minlaydi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yi!gan xatolarni tuzatishdagi qiyinchiliklar loyihaning hajmiy xususiyatlarini aniqlashni, loyiha ishtirokchilari va ularning ish uslublari, loyiha jadvallari va hisobot shakllari hamda shartnoma shartlarini juda aniq belgilashni talab qiladi. Megaloyihalar umumiy maqsadga, ajratilgan resurslar va ularni amalga oshirish uchun ajratilgan vaqtga birlashtirilgan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir nechta loyihalami o‘z ichiga olgan dasturlarga mo‘ljallangan. Bunday dasturlar xalqaro, davlat, milliy va mintaqaviy bo‘lishi mumkin. Megaloyihalar bir nechta o‘ziga xos xususiyatlarga ega: - yuqori qiymat(narx)ga ega ekanligi (taxminan 1 mlrd. AQSh dollari va undan ko‘p); - kapital sig‘imiiligi — bunday loyihalarda moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj noan’anaviy (aksiyadorlik, aralash) moliyalashtirish shakllarini talab qiladi; - mehnat sig‘imliligi; - amalga oshirish muddatining davomiyligi:5-7 yil va undan ko‘p; - amalga oshiriladigan hududlaming uzoqligi va natijada qo‘shimcha infratuzilmaga bo‘lgan xarajatlar. Megaloyihalarning o‘ziga xos xususiyatlari bir qator omillarni hisobga olishni talab qiladi, ya’ni: - turli ijrochilarga loyiha elementlarini taqsimlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish zaruriyati; - mintaqaning, umuman butun mamlakatning, shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan bir qator mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy muhitini tahlil qilish zarurati; - loyiha rejasini ishlab chiqish va uni uzluksiz yangilash. Download 19.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling