Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’larini hisobga olishning zarurligi va ahamiyati
Hisob kitob schyotiga doir muomalalar hisobi
Download 397 Kb.
|
hisob-kitob va valyuta schyotlari muomalalari hisobi 22222222222222222222222222
3. Hisob kitob schyotiga doir muomalalar hisobi
Yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin.2 Тalab qilib olgungacha bo’lgan so’mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi hujjatlarni topshiradilar: yuqorida keltirilgan yo’riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot ochish uchun ariza; statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko’chirmasi; yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan ko’chirma, davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida hujjat: notariusda tasdiqlangan ko’chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro’yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko’chirma. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bo’lsa topshiriladi; soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to’lovchi raqami berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi subyekt emasligi to’g’risida ma’lumot; imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka; yuqorida aytib o’tilgan yo’riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. D avlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, qishloq xo’jalik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporasiyalar, qo’shma korxonalar tomonidan talab qilib olguncha deposit schyotlarini ochish uchun zikir qilingan hujjatlarga qo’shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo’riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar. Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng bank xizmatini ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug’i bilan korxonaga tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag’lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo’jalik hisobida bo’lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo’linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan belgilanadi. Ochilgan hisob–kitob schyotida bo’sh pul mablag’lari va mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. Hisob – kitob schyotida korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun mol yetkasib beruvchilarga to’lanmalar, byudjetdan, ijtimoiy sug’urtadan bo’lgan qarzni to’lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun to’langan pul mablag’lari aks ettiriladi. Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan operatsiyalarni hisobga olish uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag’lari aks ettiriladi. Bu schyotning debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag’larining qolgan qoldig’ini ko’rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq bo’lmaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati yuzasidan hisob–kitob schyotiga mablag’ quyidagi hollarda kelib tushadi: Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling