Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi


Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi


Download 443.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi443.71 Kb.
#1754317
1   2   3   4
Bog'liq
qishloq-xo-jaligida-yer-va-suv-resurslaridan-foydalanishni-tartibga-solishning-iqtisodiy-ekologik-mexanizmlarini-takomillashtirish-surxondaryo-viloyati-misolida

 Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

2022 
 
 
 
Tashkent state transport university
 
yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik 
qilmoqda. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini 
takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini 
yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga 
bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, 
shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini 
oshirish maqsadida 2019 yili xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab 
chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. 
Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi bo‘yicha jamlama maʼlumotga nazar 
solsak viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 276399 gektarni 
tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 237471 gektar. 
Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24677 tonna), 8 tasi 
g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 171500 tonna) va 13 tasi meva-sabzavotchilik 
(ishlab chiqarish hajmi – 92688 tonna). Ularga 169217 gektar yer biriktirilgan
shundan 11340 gektari klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klasterga kiradigan 4961 ta 
fermer xo‘jaligi 157877 gektar maydonga egalik qiladi. 3 ta agrologistika 
markazlari faoliyat yuritadi. 
Viloyatda 5698 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 1859 tasi 
paxta-g‘allachilik, 136 tasi g‘allachilik, 964 tasi bog‘dorchilik, 780tasi 
bog‘dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog‘dorchilik va 
polizchilik, 86 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 983 tasi chorvachilik, 31 tasi 
ipakchilik, 35 tasi parrandachilik, 189 tasi baliqchilik, 21 tasi asalarichilik, 51 tasi 
boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan. 
Viloyatda 404,1 gektar maydon 122 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 
issiqxonalar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika 
usulidagi, 359,1 gektarlik 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir. 
Yer va suv resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirish lozim:

yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish;

meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya 
tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;

zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg‘or texnologiyalami qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish;

ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga qo'yish;

ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral 
o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;

agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;

ishchi va xizmatchilami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan 
bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;

yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.



Download 443.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling