Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi
Download 443.71 Kb. Pdf ko'rish
|
qishloq-xo-jaligida-yer-va-suv-resurslaridan-foydalanishni-tartibga-solishning-iqtisodiy-ekologik-mexanizmlarini-takomillashtirish-surxondaryo-viloyati-misolida
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi
2 2022 Tashkent state transport university yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2019 yili xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020- 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi bo‘yicha jamlama maʼlumotga nazar solsak viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 276399 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 237471 gektar. Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24677 tonna), 8 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 171500 tonna) va 13 tasi meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 92688 tonna). Ularga 169217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11340 gektari klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klasterga kiradigan 4961 ta fermer xo‘jaligi 157877 gektar maydonga egalik qiladi. 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritadi. Viloyatda 5698 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 1859 tasi paxta-g‘allachilik, 136 tasi g‘allachilik, 964 tasi bog‘dorchilik, 780tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 86 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 983 tasi chorvachilik, 31 tasi ipakchilik, 35 tasi parrandachilik, 189 tasi baliqchilik, 21 tasi asalarichilik, 51 tasi boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan. Viloyatda 404,1 gektar maydon 122 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 359,1 gektarlik 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir. Yer va suv resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish; meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish; zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg‘or texnologiyalami qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish; ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga qo'yish; ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish; agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish; ishchi va xizmatchilami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalami hal etish; yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling