Iqtisodiyotni siyosatdan ustunlik tamoyili Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tamoyillari
Download 31.78 Kb.
|
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tamoyillari:
1. Iqtisodning siyosatdan ustun turishi. 2. Davlat islohotlar tashabbuskori. 3. Barcha sohalarda qonun ustuvorligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. 5. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan 0‘zbekiston iqtisodiyotining tuzilishi butkul o‘zgarmoqda. Yaqin o‘tmishdagi qishloq xo‘jaligi yetakchi bo‘lgan mamlakatimizda sanoatning, xususan, og‘ir sanoatning salmog‘i oshmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligini bartaraf etishga kirishildi. Sanoat esa avtomobilsozlik, kompyuter texnikasi, mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi tannoqlar hisobiga ko‘p tarmoqli bo‘la boshladi. Umuman, mamlakatda og‘ir sanoat, xususan, mashinasozlik yetakchi o‘ringa chiqmoqda. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda (2014-yil.). Holbuki, bu ko‘rsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti o‘zaro bog‘langan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, aloqa, savdo, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlami o‘zida birlashtiradi. Og‘ir sanoat, ayniqsa, mashinasozlikning jadal yuksalishi qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari unumli-samarador mashina va mexanizmlar bilan qayta jihozlanishiga, mamlakat mudofaa quvvatining kuchayishiga imkon beradi. Eng muhimi, mamlakat texnik qaramlikdan qutuladi. Mamlakatning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishining yana bir sharti iqtisodiyot tarmoqlarida davlat sektorining qisqarib, nodavlat sektorining kengayishidir. Hozirda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining deyarli barchasi nodavlat sektorida yetishtirilmoqda. Boshqa sohalarda ham bu jarayon jadal kechmoqda. Mustaqillikka qadar 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, asosan, ekstensiv yo‘l bilan rivojlandi. Download 31.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling