Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari


Download 118.47 Kb.
bet5/10
Sana29.04.2023
Hajmi118.47 Kb.
#1401011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Презентация1 (1)

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xojalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo'jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo'lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o‘z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar. turli xil imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning biridan (masalan, xususiy firmadan) yuqori foizlarda
  • soliq undirilsa-yu, ikkinchisidan (masalan, davlat korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo'lmaydi va ijtimoiy noroziliklarga sabab bo'ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi subyektlaiga soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsa-yu, kimlardir bundan mahmm etilsa, bunda ham xuddi shunday adolatsizlik ro'y beradi.
  • Demak, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • 0‘zini o‘zi boshqarish. Jamiyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ikkita turi mavjud bo'lib, ulaming birinchisi yuqoridan beriladigan buyaiq va ko'rsatmalar asosida boshqarish bo'lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan holda o'zini o‘zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlaming xo'jalik amaliyotida o'zini o‘zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur tizim sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqamvi va menejerlar tajribasi hamda donoligi ma’lum darajada belgilab beradi.Biroq hal qiluvchi omil bo‘lib erkin bozor munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan „ko‘rinmas qoT deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib turadi, balki boshqaradi ham. Tovar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan ko‘payib ketsa, narx-navo tushadi, aks holda ular ko'tariladi. iqtisodiyotning qaysi tarmog'i yoki sohasi ko‘proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablagiari o‘sha tomonga oqib kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan korxona va firmalar iqtisodiy jihatdan sinib, o‘z-o‘zidan yopilib ketadi. Yuqori sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan, tovarga talab katta bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling