Iqtisоdiyotning rеаl sеktоri
V. Maqsadli mablag‘lardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarni Kichik guruh tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
Download 399.28 Kb.
|
xolmirzayev sherkon 51-guruh mikroiqtisodiyot esse..pptx
V. Maqsadli mablag‘lardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarni Kichik guruh tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang. 20. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit olish uchun korxona Ishchi organga ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda) 21. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha korxona tomonidan Ishchi organga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga muvofiq tasdiqlangan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy hisob-kitobi) ham taqdim etiladi. Oldingi tahrirga qarang. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda) 23. Ishchi organ tomonidan korxonaning rasmiy yozma arizasini ro‘yxatdan o‘tkazish murojaat qilingan paytdan boshlab bir kun muddatda amalga oshiriladi: 24. Ishchi organ maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit olish uchun korxonaning arizasini ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda bir kun muddatda ko‘rib chiqish uchun Kichik guruh a’zolariga va bankka yuboradi. 25. Kichik guruh a’zolari maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqishda korxonadan ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rashga haqlidir. 26. Ishchi guruh a’zolari quyidagi mezonlarga alohida e’tiborni qaratgan holda maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit bo‘yicha yuborilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi: respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari uchun loyihani amalga oshirishning ahamiyati, milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishi dinamikasini, ichki va tashqi bozorlar kon’yunkturasini hisobga olgan holda korxonalar va tarmoqlarni yanada rivojlantirish istiqbollari; mahsulot tannarxini kamida 20 foizga pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish bo‘yicha moliyaviy reja bajarilishini, korxonaning moliyaviy ahvolini, budjet oldidagi, banklarning kreditlari, kommunal xizmatlar, ish haqi bo‘yicha qarzlar, shuningdek debitorlik-kreditorlik qarzlar va hokazolar tahlili; iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish, ishlab turgan quvvatlardan foydalanish, shuningdek xomashyo bozori kon’yunkturasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash. 27. Kichik guruh a’zolari tomonidan loyihaning maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berish maqsadlariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risidagi xulosalarni ishchi organga yuborish muddati korxonaning rasmiy yozma arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 7 kundan oshmasligi kerak. 28. Ishchi organ xulosalar olingan kundan boshlab 3 kun mobaynida maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berish maqsadlariga loyihaning muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Kichik guruh majlisi o‘tkazilishini tashkil etadi. 29. Kichik guruhning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uzil-kesil qaror qabul qilish uchun bir kun muddatda ishchi guruhga kiritiladi. 30. Ishchi guruh uch kun muddatda Kichik guruhning qarorini ko‘rib chiqadi. Ishchi guruhning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda bankka va korxonaga yuboriladi. 31. Ishchi guruhning loyihaning maqsadli mablag‘lardan foydalanish mezonlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorini olishda kredit bo‘yicha hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi)ning ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi. 32. Bank qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq korxonadan kredit qo‘mitasining qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir. 33. Bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi) ko‘rib chiqish uchun kredit bo‘yicha hujjatlar kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 34. Bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi) tomonidan maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 kundan kechikmay rad etishning asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda Kichik guruhni va korxonani yozma ravishda xabardor qiladi. 35. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda bank bir kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mablag‘larni bankning vakillik hisob raqamiga o‘tkazish uchun Ishchi guruhning qarorini va bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi) bayonnomasini yuboradi. 36. Mablag‘lar vakillik hisobvarag‘iga tushgandan keyin bank bir kun muddatda korxona bilan kredit shartnomasi tuzadi. Download 399.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling