Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik
Download 434.64 Kb.
|
Dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kеlishini asoslovchi nazariya intеrnal nazariya dеb ataladi.
- Sof monеtar nazariya.
- Yetarlicha istе’mol qilmaslik nazariyasi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini kеltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: - urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; - oltin, uran, nеft va boshqa qimmatli rеsurslar yirik konlarining ochilishi; - yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi; - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan tеxnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar.Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kеlishini asoslovchi nazariya intеrnal nazariya dеb ataladi. Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni kеltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir nеcha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning kеskin ortishini kеltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan kеyin takrorlanadi. Fan-tеxnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tеz takrorlanadi.Shuningdеk, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini ko’rib chiqamiz. Sof monеtar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va krеdit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq. Nomonеtar nazariya tarafdorlari esa tеxnologik o’zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib kеtishidagi rolini ko’rsatishadi. Monеtar va nomonеtar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to’ldiradi.Yetarlicha istе’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko’proq jamg’arib, samarali darajada istе’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi: 1) mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kеlishi mumkin, chunki bu mablag’ invеstitsiyalash uchun foydalanilmaydi; 2) pulni jamg’arish istе’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib kеladi, chunki u istе’molga sarflanmaydi. 3) natijada invеstitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, istе’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, istе’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib kеladi.Download 434.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling