Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Buxgalteriya balansi va uning ahamiyati


Download 0.78 Mb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1415518
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
moliya hisobiga kirish mek86a

Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag‘lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko‘rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.

«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko‘rsatadi. SHuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Xom-ashyo va materiallar», «YOrdamchi materiallar», «YOqilg‘i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha etkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Tayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo‘ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi. «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar». «Boshqa debitoolik qarzlari» va

hokazo moddalarida esa boshqa xo‘jalik yuritish subektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Xaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo‘yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.

hokazo moddalarida esa boshqa xo‘jalik yuritish subektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Xaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo‘yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.

Ko‘rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo‘lib, ularning mazmuni ko‘p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo‘lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko‘z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. YUqorida aytilganidek, passiv aktivda ko‘rsatilgan korxona mablag‘larining manbaini aks ettiradi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling