Irim-sirimlar zamiridagi haqiqatlar


Download 8.7 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi8.7 Kb.
#1039214
Bog'liq
Irim-sirimlar z-WPS Office


Irim-sirimlar zamiridagi haqiqatlar
Har bir xalq ajdodlaridan meros bo'lib qolgan,qadim-qadimdan rivojlanib kelayotgan o'ziga xos an'ana,urf-odatlarga egadir.Zotan,biz o'zbek xalqi ham.Mana shu an'analar zamirida xalqimiz orasida turli xil irim-sirimlar, "unday qilma,yomon bo'ladi","unday qilsang,bunday bo'ladi" kabi jumlalar keng tarqalgan.Bu hodisalarga har birimiz hayotimiz davomida guvoh bo'lganmiz,albatta.Xo'sh,bu irim-sirimlar asoslimi yoki xalq tomonidan to'qib chiqarilgan bidiatlarmi?
Yuqorida ta'kidlaganimizdek,urf-odatlar,an'analar zamirida turli xildagi irim-sirimlar,"yomon bo'ladi"lar paydo bo'lgan.Masalan,supurgini tik qo'yma,shom mahali ko'chada yurma,tik turib suv ichma,"uchgan idish"dan foydalanma --yomon bo'ladi singari jumlalar o'qug'uchiga ham begona emas deb o'ylayman.Shu o'rinda bir savol tug'iladi.Shu ishlarni qilsam haqiqatdan ham "yomon bo'ladi"mi?Bunga misollar yoramida oydinlik kiritsak.Masalan,teparoqda aytilganidek,supurgini tik qo'yma,yomon bo'ladi jumlasiga nazar tashlaymiz.Agar buni mushohada qiladigan bo'lsak,supurgi uzoq vaqt tik holatda turishi natijasida,uning uch qisimlari zararlanib,tez orada yaroqsiz holatga kelishi inobatga olingan.Yana bir misol,uchgan idishlardan foydalanma,yomon bo'ladi.Agar siz qirrasi ko'chgan buyumlardan foydalanayotgan paytingizda kutilmagan holatda ,behosdan og'iz bo'shlig'izdagi biror a'zoyingizni shikastlab olmasligingizga kim kafolat bera oladi?Albatta,hech kim.Bundan ko'rinadiki,biz aytayotgan o'sha irim-sirimlar,"yomon bo'ladi"larning har biri zamirida bizga o'rnak bo'ladigan,foydamizni,sog'ligimizni ko'zlaydigan nimadir mujassam ekan.Ha,Albatta.Bu irim-sirimlar ortida yashiringan nasihatlar bizga shunchaki "dehqoncha"tilda ongimizga singdirilgan,desak mubolag'a bo'lmaydi.Agar mana shu "yomon bo'ladi"lar o'rniga asl mohiyati tushuntirilganda edi uning ta'siri bu darajada bo'lmas edi.Balkim,mana shu maqsadda dono xalqimiz tomonidan mana shunday turli xil irim-sirimlar,"yomon bo'ladi"lar o'ylab topilgandir.Biroq bugungi kundagi hamma irim-sirimlarlarni ham asosli,haqiqatga yaqin deya olmaymiz.Sababi hozirgi vaqtda shunday irim-sirimlar kelganki,ba'zilar uchun hatto tashlayotgan har bir qadamingiz ham "yomon bo'ladi"larga to'la.Shunday ekan biz ularning faqat o'rinlilarigagina amal qilmog'imiz darkor.
Download 8.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling