Iroda odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliyatdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi


Download 22.58 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi22.58 Kb.
#1372552
Bog'liq
Iroda


Iroda - odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliyatdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi.
Iroda - tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan; kimdir uni to'g'ri so'zlamoq bilan yana kimdir oddiygina parhez bilan. Aslida iroda insonning ongdagi faoliyat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo'riqlarini oldindan aniqlab bir qarorga kelishda, qarorlarni to'g'ri va erkin ijro etishda va maqsadlarga erishishda namoyon bo'ladi.
Iroda har kimning aqliy faoliyatiga qarab turlicha shakllanadi. Aql bilan idrok qilganda bizga berilgan nutqimidan to'g'ri foydalanib rost so'zlamoq ham iroda, insonlarni to'g'ri tanqit qilmoq ham iroda, bir - birimizga ishonmoq va mana shu ishonch ila shakllanmoq ham iroda. Iroda haqida bahs ketganda kimdir uni miyada joylashgan desa yana kimdir uni qalbda deydi. Aslida, iroda bizning butun boshli jismimizda joylashib, bizning aqlimimizni, ongimizni, kuchimizni, ruhiy quvvatimizni, jahlimizni hatto-ki nutqimizni ham o'z qolibiga solib boradi. Iroda bu hayotda shuningdek, maqsad sari yetaklovchi yo'llardagi qarama - qarshiliklarni bartaraf etishda, o'z-o'zini idora qilishda, axloqiy olamni shakllantirishda kishiga katta yordam beradi.
Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga emas qandaydir ilohiy kuchga bog'liq. Shuning uchun ham iroda o'z mohiyatiga jihatidan doim erkindir. Inson muammolariga e'tibori ortishi bilan irodani o'rganish ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bu hayotning issiq yozi-yu sovuq qishiga birdamlik bilan yashamog'imiz ham iroda bo'lmish aqliy hilqatning belgisidir. Inson bu yorug' dunyoga kelar ekan har kuni yangi holat, har kuni yangicha olam bilan tanishadi. Jismimiz bilan birgalikda ruhiyatimiz, dunyo qarashimiz, insonlarga nisbatan muomilamiz har tomonlama yuksaladi.
Xullas ko'zguga nazar solganimizda tashqi ko'rinishimizda qanday o'zgarish bo'lsa, aqliy faoliyatimizda ham xuddi shunday o'zgarish sodir bo'ladi. Biz bu jarayonda har kuni o'z-o'zimizni ham jismonan, ham ruhan tarbiyalamog'imiz lozim.
Mana shu tarbiya jarayonida ham irodaning o'z ahamiyati, o'z o'rni bor. Bir so'z bilan aytganda ruhiy holatdan chiqishimiz, yangi hayot boshlashimiz, teran fikrlay olishimiz, qalban pok bo'lmog'imiz uchun hayotimizda bo'ladigan har kungi yangi o'zgarishlar-u mashaqqatlarni yengmog'imiz uchun bizdan juda katta iroda talab qilinadi. Ruhan sog'lom insongina o'zini hayotning past-u balandiga, og'ir-u yengiliga qiyinchilik bilan bo'lsada tarbiya qila oladi. Psixologik jihatdan insonda uchraydigan har bir termin, har bir harakat, har bir harakter bir biriga zanjil misol bog'liq. Ularni o'zgartirishni yoki alishtirishning imkoni yo'q.
Ammo tarbiya qilishni, to'g'ri fikrlay olishimiz uchun harakat qilishimiz mumkin. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarda turlicha namoyon bo'ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo'linadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy harakatlarga xos salbiy sifatlar. Ijobiy irodaviy sifatlar o'z-o'zini tuta bilish, dadillik qat'iyat, chidam, toqat, mustaqillik kabilardan iborat. Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o'zi bilan emas, balki shu amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog'liq bo'ladi. Irodaning ana shu hislatlari amalda tug'ma ravishda berilmaydi. Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo'lgan jamoaning jamoaning roli katta. Shuning uchun inson biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi lozim. Ba'zida boshlagan ishimizni yakunlashimizga sabrimiz yetmaydi. Psixologik tomondan bu omil ham to'g'ridan to'g'ri irodaga borib taqaladi. Qisqa qilib aytganda insonda sodir bo'ladigan har qanday holat, jarayonlar va ularning boshlanish va tugash vaqti oralig'idagi hodisalar irodaning inson miya faoliyatiga ko'rsatgan ta'siri hisoblanadi.
Iroda ma'lum bir ko'rinishga ega bo'lmagan mavhum tushuncha hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham uning ko'rinishi haqida hech bir manbada ma'lumot ko'rsatilmagan. Iroda kishi individlik jarayonida paydo bo'lib, shakllanib to umrining oxirigacha tarbiyalanib va tarbiyalab o'z faoliyatini yaqqol ko'rsatib turgan va barcha kishida mavjud bo'lgan tushuncha hisoblanadi. Iroda har kimda mohiyati va tushunishiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Ammo har kimda har qanday kishida bo'ladi. Xoh u individ bo'lsin, xoh shaxs uning ahamiyati yo'q. Iroda tushunchasi eramizdan oldingi davrlarda insoniyatning paydo bo'lganligidan to hozirgacha o'z mohiyati va asoslariga ega bo'lib kelmoqda.
O'z davring donishmandlari iroda haqida turlicha fikrlar bildirishgan. Masalan: Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ''Iroda inson xulq - atvorini o'zgartirishda boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan eng kerakli omildir''. Yoki bo'lmasa, F.Shiller "Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy
qoidadir". V.Shekspir "Bizning shaxsimiz bog', irodamiz esa uning bog'bonidir", I.Gyote "Jiddiy, teran, haqiqiy iroda ong avvalo maqsadga erishishga ishonch tasavvuri bilan uyg'unlikda ifodalanadi", E.Rodderdamskiy "Irodali inson uchun hech qanday qiyin ish yo'q" deydi. Xullas bu tassavur haqida har kim turlicha fikrlaydi va turlicha baholaydi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, iroda inson ongining va hayotining ajralmas bo'lagidir. Zero, insonda ruhiy olam sog'lom va mustahkam ekan u ildiz otishdan, gullashdan aslo to'xtamaydi.
Iroda tushunchasi falsafada tug'ilgan, bu yerda Iroda ongning o'z taqdirini o'zi belgilash qobiliyati, shu jumladan axloqiy va o'ziga xos sabablarni keltirib chiqarish qobiliyati sifatida belgilanadi. Psixologiya va nevrologiyaga o'tib, irodaning ta'rifi axloqiy jihatni yo'qotdi va faqat aqliy funktsiya sifatida talqin etila boshlandi. Irodani yuqori aqliy funktsiyalarga an'anaviy ravishda bog'lash, uni hayvon emas, balki insonning mulki sifatida taqdim etish haqida gapiradi, garchi ba'zi hayvonlarni o'rganish bu tushunchani shubha ostiga qo'yadi.
Eng umumiy ma'noda, Iroda psixologiyada insonning ongli ravishda o'zini o'zi boshqarish qobiliyati sifatida qaraladi. Iroda harakatni amalga oshirish uchun ham, undan voz kechish uchun ham zarurdir. Irodaning asosiy elementi ongli ravishda qaror qabul qilishdir. Iroda ekzistensial psixologiyada erkinlik tushunchasiga yaqin, chunki bunday ongli qaror qabul qilgan kishi bir lahzalik vaziyatdan chiqib ketishi yoki o'ziga, qadriyatlariga bo'lgan munosabatiga murojaat qilishi yoki tasavvur, mantiqqa murojaat qilishi va taxmin qilingan harakatning oqibatlarini modellashtirishi kerak.
S. L. Rubinshteyn irodani falsafiy va psixologik ma'noda tasvirlaydi:"ongli maqsad va unga turtki sifatida munosabat bilan tartibga solinadigan harakatlar irodaviy harakatlardir". Bunday ta'rif Iroda tushunchasini istak tushunchasidan, motivatsiya tushunchasidan aniq ajratishga imkon beradi. Ushbu ta'rifda maqsadga munosabat, uni anglash shaklida bir lahzali vaziyatdan uzilish mavjud. Maqsad va maqsadning nisbati ham muhimdir. Maqsad va motiv hech bo'lmaganda sub'ektning ongida bir — biriga to'g'ri keladigan bo'lsa, sub'ekt o'z faoliyatini to'liq boshqaradi, u o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi-faoliyatda Iroda mavjud. [manba ko'rsatilmagan 424 kun]
Ba'zi psixologlar Iroda tushunchasini aqliy funktsiya sifatida insonning maqsadga erishishga intilish qobiliyati bilan aralashtiradilar, natijada quyidagi ta'riflarni topish mumkin: "Iroda — bu maqsadga erishishda qiyinchiliklarni engib o'tishni ta'minlaydigan o'z faoliyati va xulq-atvori sub'ekti tomonidan ongli ravishda tartibga solish...".
Sotsiologiyada Iroda tushunchasi ham mavjud. Masalan, sotsiolog F. N. Ilyasov irodani "sub'ektning ierarxik qadriyatlar tizimini yaratish va past darajadagi qadriyatlarni e'tiborsiz qoldirib, yuqori darajadagi qadriyatlarga erishish uchun harakat qilish qobiliyati"deb ta'riflaydi.
Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling