Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1049
siyosatchilarini xavotirga solgan hokimyat tepasiga ozchilik guruhlarning kelib olishini 
oldini oladi.
Ushbu holatlarning inobatga olgan holda Iroq Respublikasi kelajagiga befarq 
bo’lmagan va hozirgi kunda hokimyatda turgan yetakchilar vaziyatni tartibga solish va 
muammolarni hal qilib, Iroq o’tmishi qayta takrorlanmasligi uchun quyidagi vazifalarni 
bajarishlarini lozim deb hisoblaymiz. 
Birinchidan, davlat siyosiy tizimini qayta ishlab chiqish. Iroqda “Siyosiy partiyalar 
to’g’risida”gi qonunning 5-moddasida “Partiya fuqarolikka asoslanadi. Partiya irqchilik, 
terrorizm, mazhab, etnik va milliy aqidaparastlik asosida tashkil etilishi mumkin emas” 
deb belgilab qo’yilgan. Xuddi shu qonunning 11-moddasida “milliy saylovlarda 
qatnashmoqchi bo’lgan partiyaga har bir viloyatdan a’zolar olish majburiyati yuklanadi” 
mazmunida normalar bor. Ushbu moddalarni to’liq, izchil ravishda amaliyotga tadbiq 
qilish lozim. 
Ikkinchidan, sud, ijro va qonun chiqaruvchi tizimlarni isloh qilish. 2016-yilda va 
2020-yilda hukumat korrupsiyaga qarshi kurashda yordam so’rab, BMTning Taraqqiyot 
Dasturi bilan anglashuv memorandumini imzoladi
17
. Shunga qaramay, yuqorida aytib 
o’tdik, bu sohada Iroq 180 ta davlat ichida 160-o’rinda. Iroq qonunchiligiga ko’ra, sud 
hokimyati fuqarolar tomonida saylanmaydi. Sud hokimyati rahbarlarini tanlashda 
fuqarolar ishtirok etishi rahbarlikka kimningdir manfaatiga xizmat qiluvchi shaxsning 
kelib qolish ehtimolining oldini oladi. Pirovardida bu o’zgarish korrupsiya 
muammosiga yechim bo’ladigan eshiklarni ochadi. 
Uchinchidan, xavfsizik kuchlari va huquqn muhofaza qiluvchi organlar faoliayti 
qayta ko’rib chiqish. 
To’rtinchidan, milliy boyliklar va resurslardan keladigan daromadni taqsimlash 
borasida islohotlar qilish. Neft eksporti Iroqning eng katta daromad manbai hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 111-moddasifda “Barcha viloyatlardagi neft va gaz zahiralari Iroq 
xalqining mulki” ekanligi belgilab qo’yilgan. Lekin kurdlar “hukumat budjet 
taqsimotida bu qoidaga amal qilmaydi” deb hisoblaydi.bunday holatlarni ko’rdik, 
referendum, ajralishga intilish kabi holatlarni kuchayishiga sabab bo’ladi. Pensiya va 
ijtimoiy taminot sohasidagi ishlarni ham tahlil qilib, shunga monand islohot rejalarini 
ishlab chiqish lozim 
Beshinchidan, iqtisodiyotni jamiyat rivojlanishini rag’batlantiruvchi yangi ish 
o’rinlarini yaratishga yo’naltirish. Iroq aholisining tez su’ratlarda o’sib borayotganligini 
aytdik. Bu muammoni hal qilish uchun iqtisodiy sohaga budjetning qanchadir qismini 
yo’naltirsh, asosiy yo’nlishlarni aniqlab bizdagi kabi “besh yillik” yoki bo’lmasa “uch 
yillik” loyihalar qilib shu bo’yicha ishlash kerak. 
17
 https://www.uniraq.org/index.php?option=com_k2&view=item&id=13387:2020-… 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling