Irsiyatning molekulyar
Ribonuklein kislota (RNK)
Download 16.97 Kb.
|
portal.guldu.uz-MAVZU-7 IRSIYATNING SITOLOGIK VA MOLEKULYAR ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transkripsiya
Ribonuklein kislota (RNK)
Hujayrada bajaradigan funksiyasiga qarab RNK bir necha xil bo’ladi. Shulardan biri tashuvchi (transport) RNK dir. Bu RNK oqsilni sintez qiladigan joyga aminokislotalarni eltib beradi. Ikkinchi xil axborot (informasion) RNK bo’lib, u sintezlanadigan oqsilning informasiyasini (nusxasini, loyihasini) yadrodagi DNK dan oladi. Uchinchi xili bu ribosom RNK si bo’lib, transport RNK olib kelgan aminokislotalardan informasion RNK bergan informasiyaga asosan ribosomalarda oqsillarni hosil qiladi. RNK ning tuzilishi DNK ga o’xshash bo’lsa ham, undan farq qiluvchi belgilari ham bor. RNK da qo’shaloq spiral zanjiri bo’lmaydi. DNK nukleotidlarida uglevod-dezoksiriboza bo’lsa, RNK da esa riboza bo’ladi va hakozo. Biroq DNK ham RNK ham polimerlar RNK ning monomerlari DNK niki singari nukleotidlardir. 2. Oqsil odam va hayvonlar ozig’ining eng zarur va muhim qismidir. Hujayra komponentlarining tuzilishi uchun zarur plastik materil oqsillar va nuklein kislotalar oldindan tayyor, kimyoviy tilda yozilga ma’lumot asosida o’ziga xos maxsus mexanizm bo’yicha sintez qilinadi. Buning uchun fundamental nasliy informasiya xizmat qiladi. Oldindan mavjud qolip, andoza asosida yangi molekulaning yaratilishi nuklein kislotalarning sintezlanish yo’lidir. Yangi DNK molekulasining sintezi uchun uning yadroda oldindan tayyor nusxasi bo’lishi kerak. Bu usuldagi sintez matrisa asosida sintez deb ataladi. Yangi DNK molekulasining sintezi tayyor DNK namunasidan nusxa olishdan iborat va shuning uchun nusxa olish- replikasiya deb ataladi. Nuklein kislotalarning genetik jarayondagi roli ularning strukturalarida nukleotidlar qatori shaklida yozilgan informasiyani o’ziga xos oqsil molekulasida aminokislotalar qatori shaklida amalga oshirilishi bilan yakunlanadi. Bu jarayon genetik axborotni bir tomondan DNK, RNK yo'n’lishidagi oqimi va ikkinchi tomondan ribosomada oqsil sintezini uzviy bog'l’nishlarida mujassamlangan bo’lib, DNK ning replikasiyasidan boshlanadi. Transkripsiya –RNK ning uch tipi ham oqsil sintezida ishtirok etar ekan, bu jarayonda ular hujayrada doimo sarflanib va yangidan sintezlanib turadi. RNK lar sintezi, asosan, yadroda, DNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan informasiyani ko’chirib olishdan iborat. Bu jarayon transkripsiya –ko’chirib yozish deb ataladi. Haqiqatdan ham bu jarayonda DNK dagi nukleotidlar qatori RNK dagi nukleotidlar qatorida takrorlanadi, faqat DNK dagi T o’rniga U, dezoksiriboza o’rniga riboza joylashadi. Shuni ta’kidlab aytish kerakki, DNK molekulalari juda katta, ularda yozilgan informasiya juda ko’p, RNK, DNK molekulasining kichik bir qismiga to’g’ri keladi, binobarin bir DNK matrisasida yuzlab, minglab iRNK, mRNK, pRNK lar sintezlanishi mumkin. Ayni vaqtda har bir iRNK dagi informasiya kamida bitta oqsil molekulasi sintezi uchun etarlidir. Download 16.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling