Is egri chizig'i foiz stavkalari va ishlab chiqarishning (YaIM) barcha darajalari to'plamini tasvirlaydi, bunda jami investitsiyalar (I) jami jamg'arma (S) ga teng
Download 299.3 Kb.
|
KURS ISHI
IS-LM modeli[tahrir | manbasini tahrirlash]
IS egri chizigʻining oʻngga surilishi yuqori foiz stavkasi (i) va real YIM hajmini (Y) oshishiga olib keladi Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga taʼsirini umumlashtirib tadqiq qilish IS-LM modeli yordamida bajariladi. Model 2 egri chiziq — �� (investments-savings) va �� (liquidity-money)dan tashkil topgan. IS investitsiyalar-jamgʻarmalardagi holatni, LM esa pul bozoridagi muvozanatni tasvirlaydi. Model iqtisodiy sikllar tahlili uchun qoʻllaniladi va qisqa muddatli oraliqdagi model hisoblanadi. Model 1937-yilda iqtisodchi John Hicks tomonidan ishlab chiqilgan[143] va keyinchalik Alvin Hansen tomonidan mukammallashtirilgan[144]. Model yopiq iqtisodiyotni tasvirlagani uchun, yalpi ishlab chiqarish isteʼmol xarajatlari, investitsiyalar va davlat xaridlaridan tashkil topadi: �=�+�+� . IS oʻzgarishi davlat xarajatlari, isteʼmolchilarning jamgʻarish normasi, investitsiyalar hajmi va soliq stavkasidagi oʻzgarishga bogʻliq. LM holati esa narxlar darajasi, muomaladagi pul miqdori va foiz stavkasi orqali belgilanadi[145]. Bundan xulosa shuki, IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda koʻrsatadigan taʼsirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining oʻsishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi[146]. Xuddi shuningdek, pul taklifining oshishi LM egri chizigʻini oʻngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli maʼlum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni koʻrib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda boʻlgan oʻzgarish ikkinchi bozorga ham taʼsir etadi. Masalan, Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining koʻpayishi (LM egri chizigʻini oʻngga siljishida aks etib) foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Monetar impuls taʼsirida, yaʼni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya xarajatlari koʻpayadi va IS egri chizigʻi ham oʻngga siljib, yangi nuqtada muvozanat oʻrnatiladi[147][148]. Download 299.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling