Is gazining inson organizmiga ta’siri va zaxarlanganda birinchi yordam


Download 21.39 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi21.39 Kb.
#1142593
  1   2   3
Bog'liq
Is gazining inson organizmiga ta (2)


Is gazining inson organizmiga ta’siri va zaxarlanganda birinchi yordam
Xolmirzayeva Barno Qayumjon qizi
Mamadiyev Hoshimjon Mo’minjonovich
Tojiboyeva Musharraf Madaminjon qizi
Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi


Annotatsiya: Is gazidan qator organik moddalar (asеton, mеtil spirt, fеnol va boshqalar)ni sintеz qilish uchun foydalaniladigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarida vеntilatsiya yomon bo`lganda, yangi bo`yalgan shamollatilmaydigan xonalarda shuningdеk uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pеchka bilan istiladigan uylar, hamomlarda dam olish palatkalarida isinish uchun cho`g` olovlaridan va boshqalarda yonish mahsulotining to`liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
Kalit so’zlar: uglerod dioksid, gipoksiya, gemoglabin, sianoz.
Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, taʼmsiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng koʻp tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir.
Qazib olinadigan yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan koʻmir, tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining boʻlishi oʻlim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni oʻzaro bogʻlab, kislorodning tana boʻylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yoʻqotadi.
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari.

  • Bosh miya tizimida:uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, hushini yoʻqotish;

  • Koʻrish tizimida:koʻz oldining qorongʻulashishi;

  • Eshitish tizimida:eshitish qobiliyatining pasayishi;

  • Teri qismida: terlash kuchayishi;

  • Nafas olish tizimida: nafas olishning ogʻirlashishi, yoʻtal;

  • Yurak qismida: puls va AB ortishi;

  • Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).


Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling