2. Modelning asosiy tenglamalari.
IS-LM (investitsiya - jamgarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaktning o`zida xar ikkala bozorda muvozanatni ta`minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi.
Modelning asosiy tenglamalari kuyidagilar:
1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiktisodiy ayniyat.
2. C = a+b (Y-T) — iste`mol funktsiyasi, bu erda T = Ta + tY.
3. I = e-dR — investitsiya funktsiyasi.
4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funktsiyasi.
5. M/P =kY - hR — pulga talab funktsiyasi.
IS-LM modelida ko`rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi.
Modelning endogen o`zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen o`zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy solik stavkasi t.
a,b,c,d,m`,n,k va h empirik koeffitsientlar bo`lib musbat va nisbatan barkarordir.
Y xakikiy < Y potentsial bo`lgan kiska muddatli davrga muvozanat ko`rib chikilayotganda, modelda, baxolar darajasi o`zgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y o`zgaruvchan deb olinadi.
Y xakikiy = Y potentsial bo`lgan, ya`ni to`lik bandlik sharoitida baxolar darajasi R o`zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshka barcha o`zgaruvchilar real kattaliklardir.
3. IS - egri chizigi va uning tenglamasi.
IS-egri chizigi tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaktning o`zida asosiy makroiktisodiy ayniyat, iste`mol, investitsiya va sof eksport funktsiyalari kondiriladigan nuktalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chizikning xar bir nuktasida investitsiyalar va jamgarmalar o`zaro teng bo`ladi.
IS-egri chizigini Keyns xochi va investitsiya funktsiyasi grafigi yordamida keltirib chikaramiz. (23-,24-, va25-chizmalar.)
E E=Y
E1
ΔI
24-chizma. Keyns xochi
E2 = E1 - ΔE(ΔI)
R
R2
R1
I2 I1 I Y2 Y1 Y
Do'stlaringiz bilan baham: |