Isakulov farruxjon umarjon о„GʻLI
“Konlarni baland pogʻonalar bilan qazib olishda burgʻilash-portlatish ishlari
Download 319.89 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti
- Tadqiqot usullari
- Olingan natijalar va ularning yangiligi
- Amaliy ahamiyati
- Tadqiqotning vazifalari
“Konlarni baland pogʻonalar bilan qazib olishda burgʻilash-portlatish ishlari
samaradorligini oshiruvchi skvajina zaryadi konstruksiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Tayanch soʻzlar: Kon, skvajina, detonatsiya, katta yirik oʻlchamli togʻ jinsi boʻlagi. Tadqiqot obyekti: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli “Yoshlik-1” karyeri. Ishning maqsadi: Konlarni baland pogʻonalar bilan qazib olishda burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini oshiruvchi zaryad konstruktsiyasini ishlab chiqish orqali yirik oʻlchamli togʻ jinsi boʻlaklari chiqishining oldini olish va ularning maydalanish darajasini oshirish. Tadqiqot usullari: Dissertatsiya ishini bajarishda massivning turgʻunligi va va massivdagi jinslarning maydalanuvchanligi, portlash va shu kabi analitik tadqiqotlarning ilmiy yangiliklari, hamda matematik statistika usullarini о„zida mujassamlashtirgan kompleks tadqiqot usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning yangiligi: Ochiq konchilik ishlarida hozirgi kunda portlash energiyasidan toʻgʻri foydalanish muammoli jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki portlatish ishlarini notoʻgʻri olib borish natijasida katta о„lchamli togʻ jinsi bо„laklari xosil boʻladi. Dissertatsiya ishida bu muammoga konstruktiv yechim sifatida yangi parallel bir-biriga yaqin skvajinalar konstruksiyasi tavsiya qilingan. Amaliy ahamiyati: Skvajina zaryadi konstruksiyasi koʻrsatkichlarini togʻri tanlash orqali massivda portlashdan soʻng yirik oʻchamli togʻ jini boʻlaklari chiqishi 20-30 foizga kamayishi va texnikalarni unumdoirligi 8-10 foizga ortishi ilmiy asoslandi. Tadqiqotning vazifalari: -baland pogʻonali karyerlarda burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini oshirishda samarali skvajina konstruktsiyasini ishlab chiqish boʻyicha bajarilgan tadqiqotlarni tahlil qilish; -skvajina zaryadlariga sarflanadigan portlovchi moddalar miqdorini aniqlash; -portlovchi modda zaryadlarini portlatishda qisqa sekinlatish intervallarini aniqlash; -tajriba sinovlari tadqiqotlarini о„tkazish, ishlab chiqilgan texnologiyaning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash va uni amalga oshirish bо„yicha amaliy tavsiyalar berish . Download 319.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling