Darsning borishi:
Salomlashish
O’qituvchi:
-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.
Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,
O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.
O‘quvchi: Hozir O’qish darsi
B) Darsimiz shiori:
-Bilim ol, hunar tanla!
-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu_____
-Sog`ligimiz.
O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?
Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,
Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.
D
Qani,ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
avomatni aniqlash
O’qituvchi:
-Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
-Hamma sog` omonmi?
-Ha.
- Juda yaxshi demak darsda hamma bor.
E) Fasl haqida suhbat o`tkazish
-Hozir yurtimizda qaysi fasl ?
-Hozir yurtimizda qish fasli.
-Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar r`oy beradi?
-Qish faslida havo soviydi, yomg`ir va qor yog`adi, hamma yoq oppoq qor bilan qoplanadi.
“Raqamlar tilsimi” o‘yini
-Bu faslda yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi?
sonlarni bu faslda yurtimizda nishonlanadigan bayramlarni aytishingiz zarur
8-dekabr “konstitutsiyamiz qabul qilingan kun ”, 2-sentabr “Bilimlar kuni”,
31-dekabr “Yangi yil”, 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni nishonlanadi
II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. Takrorlash orqali o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash. Oldingi darslar kabi berilgandek, unli va undosh tovushlarga oid bilimlar savol-javob metodi asosida so’z andozasini chizdirish, so’zni bo’g’in-tovush jihatdan tahlil qilish. Darslar davomida yod olgan she’rlarni takrorlash. Eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish.
“Mosini top “ o`yini.
B
u o`yinda tinchlik haqidagi maqollarni mazmunan mosini tanlab, davom ettirib, daftarlariga yozadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |