Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Aflotun


Download 1.94 Mb.
bet14/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan.
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uningcha, tarbiya ishi davlatning eng muhim vazifasi hisoblangan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) antik dunyoda tarbiyaning eng to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o‘laroq u inson tarbiyasida asosiy urg‘uni davlatga to‘liq bo‘ysundirishga emas, balki insonning o‘zini manfaatlariga qaratadi. Bundan tashqari, u shaxsning jamoat bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ham birinchilardan bo‘lib o‘rtaga tashlagan.
Feodalizm davri tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo‘lgan. O‘sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar ham o‘z ifodasini topgan.
XV-XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra Yevropaning boshqa davlatlarida ijtimoiy fikrlar rivojlana boshlagan. Bular orasida shaxs, jamiyatni insoniylashtirish, individuallashtirish alohida o‘rinni egallaydi.Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik g‘oya bo‘lgan gumanizm (insonparvarlik) tushunchasi maydonga kelgan.
Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog va gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog‘liq.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, antik davrdan e’tiboran Yevropada yetim bolalarni parvarish qilish, ularni tarbiyalash masalasi boshqa qit’alarga qaraganda ijobiy tus olgan. Manbalarga ko‘ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shaharida Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham tashkil etilgan. O‘z-o‘zidan ayonki bunday muassasalar ruxoniylar tomonidan boshqarilgan. Bundan ko‘rinadiki, Yevropada cherkov «yetim va nogiron bolalarning” raxnamosi bo‘lgan. XIV asrga kelganda Yevropada bunday tarbiya uylarining soni 30 dan ortiq bo‘lgan. Muhimi shundaki, bu muassasalarda faqatgina tarbiya ishi nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jarayonda ham amalga oshirilgan (bolalarga amaliy topshiriqlar berilgan).
Parijda 1640 yilda ruxoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashxur bo‘lgan. Bu muassasa Qirol Lyudovik XIV tomonidan xomiylikka olingan.

Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘lgan deb aytish mumkin. Zotan XVIII-XIX asrlar davlat va jamoat institutlari bilan birga ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yo‘nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi yuz beradi.





Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling