Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
Tarbiya — insonning jamiyatga ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi.
Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan.Tarbiya ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda, doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, boshqa omillarning o‘rnini na to‘liq to‘ldira oladi, na bekor qila oladi. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon — o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning oʻz shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan, insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehtirom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar) o‘zaro ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integrasiyalashuvining tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi. Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni bola tomonidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkin.Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishi kerak boʻladi. Agar ijtimoiy muhit sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik holati sodir bo‘ladi. Bunday hollarda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmasa, uning aksi — dezadaptasiya ro‘y beradi. Bunday holatda esa bolaning ijtimoiy reabilitasiyasiga ehtiyoj tugʻiladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling