FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O‘zbеkiston, 2003.- 38 b.
Abdullaеva Sh. A. O‘quvchilarni pеdagogik tashxislashda qo‘llaniladigan mеtodlarG‘G‘ Xalq ta’limi, 2003 ,№3, 40-45 b.b.
Abdulloh Avloniy. Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom.-T.: Fan, 1994.- 293b.
Klauеr K. Pеdagogichеskoе diagnostirovaniе.-M.: Logos,1999.- 421s.
Asosiy savollar
Shaxs va uning jamiyatda ijtimoiylashuv jarayoni
Shaxs ijtimoiylashuvida oila maktab mahallaning o’rni
Mahallalar ijtimoiylashuv an’anaviy omili sifatida
Kalit so’zlar: mahalla ,oila , maktab , shaxs ,an’ana , ijtimoiylashuv, bolaning ijtimoiylashuvi, ta’lim-tarbiya, mahalla, ota-onalar, jamiyat, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya.
1.Shaxs va uning jamiyatda ijtimoiylashuv jarayoni
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan soʻnggina, mahallalarning keng faoliyat koʻrsatishlari uchun sharoitlar yaratildi. Bunday sharoitlar nimalardan iborat ekanligi xaqida to’xtaladigan boʻlsak, birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida, ikkinchidan, «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tug’risida» gi 1999-yil 14-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan yangi taxrirdagi O’zbekistan Respublikasi qonunida, uchinchidan, respublikamiz fuqarolarining o’zini o’zi boshqarish organlari - mahallalar faoliyatini tashkil qilish va qullab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini koʻtarish toʻgʻrisidagi O’zbekiston Prezidentining Farmoni va Farmoyishlari, shu mavzuda Vazirlar Maxkamasining qarorlari va boshqa xuquqiy-me`yoriy xujjatlarda aks ettirilgan sharoitlarni koʻrsatish mumkin1.
Bundan tashqari respublikamizda mahalla faoliyatini yoʻlga qo’yish uchun yagona mahalliy hududdan boshlab, mamlakat darajasida ularning faoliyatini boshqarib erishilgan ijobiy tajribalarni o’rganib, ommalashtirib, turli mamuriy-amaliy yordamlar ko’rsatib borish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Respublika “Mahalla” hayriya jamg’armasi tashkil etish to’g’risida “ 1992-yil 12-sentabrda va “ Respublika xayriya jamg’armasiga mablag’ ajratish to’g’risida “ 1992-yil 8-oktyabrdagi farmonlari va shu masalalarda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, mahallalarning moddiy bazasini yanada kuchaytirish, mahallalardagi an’analarni rivojlantirib borish, mahallalarning hayotimizdagi mavqeyini yanada oshirish maqsadida 2003-yil –“ Obod mahalla “ yili deb ataldi bunday olib borilgan ishlar qadimdan; o’zbeklar, tojiklar, qirg’izlar va boshqa tub aholi hayotida muhim rol o’ynab kelgan ananaviy mahalla tizimini rivojlantirishga qaratilgan xayrli ishlarni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |