Ish bajarish tartibi


Download 183.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.11.2023
Hajmi183.59 Kb.
#1743895
Bog'liq
1-lab



1-LABORATORIYA.MAVZU: TO`QUV MASHINALARINI 
ISHLATISHDA TEXNIKA VA YONG`IN XAVFSIZLIGI. 
 
Ishdan maqsad: To’quv mashinalar havfsizligi va yong’in havfsizligi 
qoidalarini o’rganish. 
 
ISH BAJARISH TARTIBI 
1.To’quv mashinalarini ishlash jarayonida havfsizlikka rioya qilishni 
o’rganing.
2.Trikotaj to’quv mashinalarida yong’in havfsizligi qoidalarini o’rganing.
3.Ishlab chiqarish korxonalarida talabalar rioya qilishi kerak bo’lgan 
tartiblarni o’rganing. 
Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida shikastlanmasliklari 
uchun texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini bilishlari va unga rioya qilishlari 
zarur. 
1. Mashina mexanizmlarini o’rganish va ularni o’lchamlarini olish 
jarayonida mashina to’xtatilgan va elektr tokidan o’chirilgan bo’lishi kerak. 
Buning uchun talabalar mashina tokidan qanday o’chirish mumkinligini hamda 
mashina ishdan to’xtatish va ishga qo’yish sxemalari tuzilishini va undan 
foydalanish yo’llarini bilishlari kerak. 
2. Mashinani ishga tushirish uchun mashg’ulot rahbarini va o’quv ustasi 
ruxsatini olish, hamda mashina atrofdagilarni ogohlantirish kerak bo’ladi. 
3. Ishlab turgan mashinaning qopqog’ini
ochishi, harakatdagi mashina 
qismlarini to’sib qo’yilgan to’siqlarini olib qo’yish, harakatdagi mashinani sozlash, 
mashinaga juda yaqin borish yoki unga suyanish man qilinadi. 
4. Talabalar laboratoriya ishlari o’tkaziladigan xonalarda xalat va 
ro’mollarda ishlashlari mumkin. 
5. Ish jarayonida talabalar hushyor hamda mashina va uskunalarga nisbatan 
ehtiyotkor bo’lishlari zarur. 
6. Texnikaviy buyumlarni yoniq qoldirmang, har xil paqillaydigan narsalarni 
ishlatmang. 
7. Bir neshta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga qo’yish 
mumkin emas. 
Yong’in sodir bo’lib qolsa xonadan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun 
zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak. 
 
HISOBOT YOZISH UCHUN KO’RSATMALAR 
1.To’quv mashinalar havfsizligi qoidalarga rioya qilish tartiblarini yozing. 
2.Talabalar yoki ishchilar texnika havfsizligi yoki yong’in havfsizligi 
qoidalariga rioya qilish tartiblarini yozing. 
3.Yong’in havfsizligi qoidalarini to’liq ta’rif bering va yozing. 

Download 183.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling