Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar
Korxona va tashkilotlar soni
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
64-variant
Korxona va tashkilotlar soni
Xodimlar soni 102,4% 102,0% ■лд as IP ill vr __ ^ Ish haqi fondi O'rtacha ish haqi 130,1% 127,5% .iSfc. W’ 12 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 37 5- rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi, ming so’m (2019 yil yanvar- dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari) 13 Hududlarda ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan eng past ko’rsatkichlar kuzatildi. Jumladan, Jizzax viloyatida sanoat 36,4 % ga, qurilish 28,2 % ga, tashish va saqlash 49,2 % ga, axborot va aloqa 49,1 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi. 38 Samarqand viloyatida savdo 30,5 % ga, tashish va saqlash 49,1 % ga, axborot va aloqa 51,7 % ga, boshqa faoliyat turlari 17,5 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi. Farg’ona viloyatida bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 23,5 % ga, ta’lim 8,0 % ga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish 5,9 % ga iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha respublikadagi o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan past bo’ldi. Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar mamlakatimizda mehnat bilan bog’liq munosabatlarning qay darajada samarali tashkil etilayotganligining yaqqol isboti hisoblanadi. Endi mamlakatimizda mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonalarga to’xtalib o’tsak. Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo ’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo ’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy- psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar- ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi). 12 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019. 1 b. 39 Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi. Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling